Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:31

Rossiyani tanqid qilgan muhojir deportatsiya qilinishi mumkin


Sardorbek Siddiqov "Yordam" masjidida
Sardorbek Siddiqov "Yordam" masjidida

Rossiya hukumatining musulmonlarga nisbatan hatti-harakatlarini tanqid qilgani uchun mamlakat qamoqxonalarida 2,5 yil o‘tirgan andijonlik Sardorbek Siddiqov 2016 yilning 19 may kuni ozodlikka chiqdi. Va darhol FMS xodimlari tomonidan ushlanib, “nomaqbul shaxs” sifatida deportatsiya qilish uchun Kirov viloyati Xorij fuqarolarini saqlash markaziga jo‘natildi. Himoyachilar Sardorbek O‘zbekistonda qiynoqlarga solinishi mumkinligini gapirmoqda.

Bundan 3 yil oldin – 2013 yilning sentyabrida – Moskvaning Otradnoe tumanidagi “Yordam” masjidida o‘qilgan juma namozidan keyin tarqalib ketayotgan musulmonlar e’tiborini eshik oldiga turib olgan ozg‘inroq yigit o‘ziga tortdi.

Ko‘pchilik oliga chiqqan bu yigit o‘z nutqini oxirgi yillarda Rossiyada musulmonlarga qarshi bosim kuchayib borayotganidan so‘z boshladi.

- 15 sentyabr kuni Dog‘istonda Islomga da’vat qilgan bir birodarimiz o‘ldirildi. Men shuningdek aytmoqchimanki, Rossiya bugungi kunda Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib bormoqda. Mana 17 sentyabr kuni Novorossiysk sudi tomonidan Kuliev tarjimasidagi “Qur’on” ekstremistik deb topildi. Rossiya bugungi kunda singillarimizga hijob kiyishni ham taqiqlayapti. Bundan xulosa qilish mumkinki, Rossiya Islomga qarshi bo‘stona bo‘lmagan siyosat olib bormoqda, dedi bu yigit.

Yutub tarmog‘ida o‘sha kuniyoq paydo bo‘lgan bu chiqish bir necha kunda 160 mingdan ziyod marotaba ko‘rildi va boshqa tarmoqlarda keng tarqalib ketdi.

2013 yilning 1 noyabrida Rossiya huquq-tartibot idoralari “Yordam” masjidida da’vat qilgan shaxsni hibs etishdi.

- U “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkilotiga a’zolikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Sardorbek Siddiqov ekani aniqlandi, deya xabar qildi Moskva politsiyasi.

2014 yilning 4 fevralida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282 moddasi asosida Moskva shahar Butirka tuman sudi 1981 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik Sardorbek Siddiqovni 2 yilu 6 oyga qamoqqa mahkum etdi. Sud uni Rossiyada taqiqlangan ekstremistik tashkilot, ya’ni “Hizb-ut Tahrir”ga a’zolikda aybdor deb topdi.

Sardorbek qamoq jazosini 3-sonli Kirov tuman axloqni tuzatish koloniyasida o‘tkazdi.

Joriy yilning 19 mayida Siddiqov qamoq muddati o‘z yakuniga yetdi. Biroq, u allaqachon Rossiyada “nomaqbul shaxs”lar qatoriga kiritilib, deportatsiya qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarilib bo‘lgani to‘g‘risida Ozodlikka uning himoyachisi Aleksandr Ryapin so‘zlab berdi.

- Ozod etilishi bilanoq u Migratsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlandi va sud qarori bilan Kirov viloyat Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga yuborildi. Unga nisbatan deportatsiya qarori chiqarilgan ekan. U Rossiya Adliya vazirligi qarori bilan “nomaqbul shaxs”deb e’lon qilingan ekan. Bu qaror ustidan biz tuman sudiga shikoyat yozdik. Xorij fuqarolarini saqlash markazlarida saqlanayotgan barcha shaxslarga nisbatan odatda xuddi shunday sud qarorlari chiqarilgan. Ular soni yuz minglab, dedi advokat Ryapin.

Himoyachi Sardorbekni deportatsiya qilish qarori mavjudligini ham tasdiqladi. Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlardan Siddiqov 2015 yilning yanvarida “qora ro‘yxat”ga kiritilgani va unga Rossiyaga kirish 2024 yilning may oyigacha man etilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbek muhojiri himoyasini ta’minlayotgan “Yordam” tashkiloti raisi Bahrom Hamroev Sardorbek Siddiqovni shunchaki musulmonlar haqlarini talab qilib chiqqani uchun “hizbchilikda” nohaq ayblanib qamalgan, deydi.

- Adliya vazirligi qarorini bu umuman qo‘liga olmagan, ko‘rmagan. U Andijonga borsa ahvoli chatoq bo‘lishi turgan gap! U Rossiya tarafidan musulmonlarga qarshi qilinayotgan zulmlarga javoban musulmonlarni uyg‘oqlikka chaqirdi. Bu yigit 11 yildan buyon Moskvada yashaydi. Oldin ham uni ekstremistik tashkilot a’zosi deb sudlashgan, 1,5 yil o‘tirib chiqqan. Lekin bola juda yumshoq, jinoyat qiladigan yigit emas. Otradnoedagi masjidda qilgan chiqishiga unga qarshi soxtalashtirilgan bo‘lishi kerak ayblov. U O‘zbekistonga berilsa, myasorubkaga tashlayotgandek! Kirov koloniyasidagi og‘ir sharoitda asosan musulmonlar saqlanadi, sovet davrida esa u yerda dissidentlar ushlangan, dedi Bahrom Hamroev.

XS
SM
MD
LG