Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:16

Ukraina sharqidagi janglarda 7 kishi halok bo‘ldi


Ukraina hukumati 29 may kuni so‘nggi 24 soat ichida mamlakat sharqidagi qurolli to‘qnashuvlarda 5 ukrain harbiysi halok bo‘lgani va 4 nafari yaralanganini bildirdi.

Ayni paytda Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan separatchilar janglarda 2 ayrimachi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hukumat kuchlari va Donbassdagi ayrimachilar o‘rtasidagi ziddiyat keyingi kunlarda kuchayib bormoqda.

Rossiyaparast ayrimachilar Ukraina hukumatini so‘nggi kunlarda Donbass hududiga o‘nlab marta hujum qilganlikda ayblamoqda. Tomonlar o‘rtasida otashkesim bitimi mavjudligiga qaramay, otishmalar to‘xtamayapti.

Rossiyaparastlar bilan to‘qnashuvlar kuchayishi fonida ukrain prezidenti Petro Poroshenko g‘arbni mamlakatga ko‘mak ko‘rsatishga chaqirdi hamda NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenni o‘z maslahatchisi etib tayinladi.

XS
SM
MD
LG