Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:21

Anqara Moskva bilan munosabatlari yaxshilanishiga umid bildirdi


Turkiya vitse-bosh vaziri Nu’mon Kurtulmush Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida hal qilib bo‘lmaydigan muammolar yo‘qligi to‘g‘risida fikr bildirarkan, yaqin vaqt ichida ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishi to‘g‘risida bayonot berdi.

Dushanba kuni Anqarada o‘tkazgan matbuot anjumanida Nu’mon Kurtulmush hech bir davlat boshqa bir davlat bilan munosabatlarini qurbonlikka keltira olmasligi to‘g‘risida gapirdi.

Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yilning 24 noyabrida Turkiya-Suriya chegarasida Rossiyaning harbiy samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirilganidan so‘ng keskin yomonlashib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG