Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:23

OzodlikOnline: Rossiyadagi yangi migratsiya qonunlari muhojirlar hayotiga qanday ta’sir qilmoqda?


Rossiyadagi Migratsiya va etnik mansublik bo‘yicha tadqiqot markazi o‘zbek va tojik muhojirlari hayotiga bag‘ishlangan yangi so‘rov boshladi. O‘zbek va tojik muhojiri o‘z taqdiriga bevosita aloqador yangi migratsiya qonunlaridan qanchalik xabardor? OzodlikOnline eshittirishining 31 may, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan sonida shu haqda gaplashamiz.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

Rossiyadagi Migratsiya va etnik mansublik bo‘yicha tadqiqot markazi o‘zbek va tojik muhojirlari hayotiga bag‘ishlangan yangi so‘rov boshladi. Tadqiqot mualliflari muhojirlarning o‘z javoblari asosida tug‘iladigan manzarani hukumat va qonun chiqaruvchilar diqqatiga yetkazishga umid qilmoqda.

So‘rov muallifi Ozodlik bilan suhbatda Migratsiya va etnik mansublik bo‘yicha tadqiqot markazining yangi so‘rovi nega aynan o‘zbek va tojik muhojirlariga qaratilganini izohlar ekan, bu tadqiqot orqali Rossiya migratsiya qonunlariga keyingi yilllarda kiritilayotgan o‘zgartishlar son bo‘yicha eng ko‘pchilikni tashkil qiladigan o‘zbekistonlik va tojikistonliklar ahvoliga qay tarzda ta’sir qilayotganini aniqlash maqsad qilinganini bildirdi.

O‘zbek va tojik muhojiri ularning taqdiriga bevosita bog‘liq yangi qonunlardan qanchalik xabardor? Muhojir bu qonunchilikda qanday o‘zgartishlarni ko‘rishni istaydi?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Bu suhbatda o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish uchun 31 may, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda qatnashing.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG