Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:22

Rossiya, Suriya hujumlarida ID nazoratidagi hududda kamida 82 kishi halok bo‘ldi


Rossiya va Suriya hukumati havo hujumlari natijasida “Islomiy davlat” guruhi nazorat etgan Suriya sharqidagi hududda kamida 82 odam halok bo‘ldi.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya va Suriya harbiy uchoqlari 25 iyunda al-Quriyah mintaqasini nishonga olganlar.

Havo zarbalarida 58 nafar oddiy fuqaro halok bo‘lgan.

Ammo xabarda qolgan qurbonlarning kimlar bo‘lganiga izohlik berilmagan.

Monitoring guruhi dastlab 47 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgandi.

“Islomiy davlat” jangarilari Suriya sharqidagi aksar hududlarni nazorat qiladi.

Rossiya harbiy uchoqlari prezident Bashar Assad kuchlariga dastak berish maqsadida 2015 yil sentyabridan buyon havo amaliyotlarini o‘tkazib keladi.

Suriyada 2011 yil martida o‘t olgan fuqarolar urushida hozirga qadar 280 mingdan ziyod odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG