Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:40

O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarida iliqlik paydo bo‘lishi kutilmoqda


Toshkentda 23-24 iyun kunlari o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev o‘tkizgan uchrashuvdan so‘ng Bishkek rasmiylari ikki davlat o‘rtasidagi sovuqlashgan munosabatlarda iliqlik paydo bo‘lishini kutmoqda. Uchrashuv paytida prezidentlar Bosh vazirlarga davlatlararo munosabatlarda paydo bo‘lgan muammolarni shaxsan hal qilish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isaqov Toshkentda prezidentlar Islom Karimov va Almazbek Atambaev rejalashtirilgan 20 daqiqa o‘rniga bir soat yopiq eshiklar ortida uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni iliqlashtirish masalalasini muhokama qilganini aytdi:

- Prezidentlar bir soatga yaqin suhbatlashdi. Ularning uchrashuvi protokolga binoan 20 daqiqadan oshmasligi kerak edi. Islom Karimov boshqa prezidentlar bilan ham uchrashishi kerak edi, biroq shunga qaramay uchrashuv bir soatga cho‘zilib ketdi. Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalasida aniq kelishib oldi, - dedi Sapar Isaqov.

Prezident ma’muriyati rasmiysining aytishicha, Islom Karimov va Almazbek Atambaev uchrashuvda birinchi navbatda O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabtalarni tiklash, savdo-sotiq sohasida hamkorlik qilish masalasida kelishib olgan. Ikkinchi masala sifatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi siyosiy aloqalarni yaxshilash yo‘llari muhokama qilingan.

- Ikki prezidentning qarori bilan bundan buyon davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar kuchaytirilib, pozitiv o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayapti. Bu borada O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlariga ko‘rsatma berildi. Ular yaqin orada yo telefon orqali yoki shaxsan uchrashib, bu ishlarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qiladilar. Bosh vazirlar muntazam bir-biri bilan aloqda bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni hal qilib olishi shart bo‘ladi. Bu haqda bosh vazirlarga aniq ko‘rsatma berildi, - dedi Sapar Isaqov.

Unga ko‘ra, Islom Karimov va Almazbek Atambaev uchrashuv paytida ikki davlat o‘rtasida o‘ta muammoli bo‘lib turgan chegarani aniqlash masalasini ham muhokama qilgan.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi O‘zbekiston tomonidan qariyb to‘liq yopilgani ikki qo‘shni xalq o‘rtasidagi eng muammoli masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Chegaraoldi hududlarida yashovchilar va savdogarlarning ko‘p hollarda chegarani buzib o‘tishga urinish hollari kuzatiladi.

Bundan tashqari shu kungacha ikki davlat o‘rtasida 60ga yaqin bahsli hudud bo‘lib, bu hududlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining keskin sovuqlashib ketishi omillaridan biri sifatida ko‘riladi. Ko‘p holatlarda davlatlar o‘rtasida chegarani aniqlash jarayoni bir necha yillarga to‘xtab qolmoqda.

Prezidentlar bu masalada chegaralarni aniqlash jarayonini to‘xtatmaslik kerakligi va bu yo‘nalishda samarali ish olib borish zarurligi yuzasidan yakdil fikrga kelgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi uncha iliq bo‘lmagan munosabatlar shu yilning mart oyida O‘zbekiston Chalasart deb ataluvchi bahsli hududga harbiy texnika va askar kiritgani ortidan juda yomonlashib ketgan edi. Bu voqea ortidan Almazbek Atambaev ShHTning Toshkent sammitiga bormasligini ma’lum qilgan, keyinroq esa bu qarorini o‘zgartirgan.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlanishidan bir oz oldinroq - 24 iyunь kuni ertalab Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida na Toshkent va na Bishkek rasmiylari avvaldan bildirmagan edi.

Islom Karimov va Almazbek Atambaev so‘nggi marta bundan uch yil oldin - 2013 yil sentyabrida Bishkekda o‘tgan ShHT sammiti doirasida qisqa muddatli uchrashuv o‘tkizgan edi.

XS
SM
MD
LG