Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:51

Istanbuldagi terror hujumida O‘zbekistonlik Samat Muhiddinov o‘ldi va 4 o‘zbek yarador bo‘ldi


O‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar ham borligi aytilmoqda.
O‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar ham borligi aytilmoqda.

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 28 iyun kechqurun amalga oshirilgan portlashlar qurbonlari orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. Yarador o‘zbeklar soni 4 nafar ekani bildirildi.

Turkiya Adliya vazirligi Otaturk aeroportida amalga oshirilgan portlashlar qurbonlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Vazirlik rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatda 1 o‘zbekistonlik – Samat Muhiddinov ham borligi qayd etilgan.

Adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatda hammasi bo‘lib 39 qurbonning ism-familiyasi keltirilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining Ozodlikka aytishicha,4 nafar O‘zbekiston fuqarosi yaralangan.

Yarador o‘zbeklarning ismi xavfsizlik nuqtai nazaridan ochiqlanmadi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotda O‘zbekiston fuqarosi Rifat Salimovning engil yaralanib kasalxonada ëtgani aytildi.

Qurbonlar orasida O‘zbekistondagi gazlama sanoatida ishlagan tadbirkor Murod Gulluj ham bor.

Istanbuldagi portlash qurbonlari ro‘yxati
Istanbuldagi portlash qurbonlari ro‘yxati

Adliya vazirligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonlik Samat Muhitdinovning jasadi Istanbul morgida qolmoqda.

Ozodlikka etib kelgan dastlabki xabarlarda ba’zi jabrlanlanganlarning ismlari bor edi. Xususan Siddiq va Eldor degan ismlar aytildi. (familiyalar ma’lum emas)

Ozodlikning Istanbuldagi manbalaridan birining aytishicha Ravshan ismli o‘zbekistonlik yigit terrorchilar avtomatdan o‘t ochgan paytda oëg‘iga o‘q tekkan. Xozir Ravshanning Istanbul kasalxonalaridan birida davolanmoqda.

Ozodlik radiosiga tilga olingan shaxslarning familiyalari ma’lum emas va bu xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkatining Otaturk xalqaro aeroportidagi vakilining Ozodlikka ma’lum qilishicha¸ “portlash qurbonlari orasida "O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchilari yo‘q"/

O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi portlash qurbonlari yoki jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligi haqida Ozodlikka ma’lumot bermadi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha konsullik hodimlari portlash oqibatida o‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Samat Muhiddinov masalasida qiziqish bildirmagan.

O‘zbekistondagi kun.uz nashri jabrlanganlar orasida o‘zbekistonlik ayol borligi haqida yozdi.

Bu haqda kun.uz saytiga Istanbuldagi shifoxonaga jarohat olgan holda yotqizilgan o‘zbekistonlik ayolning o‘zi ma’lum qilgani xabar qilindi.

28 iyun oqshomida Toshkentdan Istanbulga HY274 reysi amalga oshirilgan. Bu samolyot Istanbul vaqti bilan soat 23:55da Toshkentga qaytishi kerak edi. Lekin bu reys amalga oshirilgani to‘g‘risida ushbu xabar yozilayotgan daqiqalarda (29 iyun, Toshkent vaqti bilan 14:00) ma’lumot yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlardan birida o‘zbekistonlik ekani aytilgan oilaning aeroport binosi oldidan qochib ketayotgani aks etgan.

XS
SM
MD
LG