пайшанба, май 17, 2012 маҳаллий вақт 15:12

Блогистон

Озодлик Бекорчиси: Ўзбекларнинг 1 апрел ҳазиллари

Соясидан ҳам чўчиб қолган аксар ўзбеклар йилда бир кун ўз орзусини "ҳазил" ниқоби остида тилга оладиган бўп қопти..

Бугуннинг Бекорчиси - Умидбек!
Матн катталиги - +

Кунни яна одатдагидай Ўзбекистон ва ўзбекистонликлар билан боғлиқ янгиликларни текширишдан бошладим.

"Ўзбекистон Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Ўзбекистон фуқароларининг хорижга чиқиш учун талаб қилинадиган чиқиш визасини бекор қилишга қарор қилди"¸ деб ëзилади интернет нашрларининг бирида.

Урааааа! Ниҳоят буларгаям Худо инсоф берибдику! Миллионлаб халқни қақшатаëтган ҳеч бўлмаса шу бир занжирни бўшатибдией!

Ие¸ хабар тагига "Дезинформ Агентлиги" деб қўйибдику номардлар! Бугун қайси число эди. Еҳҳҳҳ. Уффффф.. 1 апрел. Демак ëлғон¸ демак ҳазил......

"Ўзбекистон президенти Тошкент шаҳрида яшаш ва ишлаш учун талаб этиладиган прописка тизимини бекор қилиш ҳақидаги фармонга имзо чекди".

Буниси энди аччиқ истеҳзо билан¸ бугун 1 апрел эканини эсдан чиқармай туриб ўқидим.

Айрим хаëлпарастлар электрон почта орқали " Ислом Каримов оламдан ўтди!" деган шошилинч хабарни таниган-танимаган ўзбекларга жўнатиб юбордибди.

Қирғизистонлик ўзбеклар эса бир-бирлари билан¸ "Ўш мэри Мэлис Мирзақматовни қамоққа олишибди"¸ дея "ҳазиллашишди".....

Ҳа энди¸ орзуга айб йўқ¸ деб қўйипти....

Орзусиз одам йўқ ахир. Фақатгина "ўзбекча" орзуларнинг борган сари "сиëсийлашиб" кетаëтганини сезаяпсизми....

Бир-икки сўм пул топаман деб, уй қураман, тўй қиламан деб дунëнинг тўрт бурчига сочилиб кетган ўзбеклар ўз асл орзулари - эркин ва озод яшаш орзусини ҳатто овоз чиқариб айтишга¸ балки буни орзу қилишга ҳам қўрқиб қолгандек...

Келинг¸ бугун ана шу "кўмиб қўйилган" орзу-истакларимиз билан ўртоқлашайлик... Зеро унутилган орзуларимиз қайта тирилса¸ шууримиз¸ ҳисларимизни қайта жунбушга солса¸ ҳали ҳам тириклигимиз¸ ҳамон ўлмаганимизни эслатса....
 
Демак¸ бугун камина Сиз азиз муштарийдан¸ 1 апрел - ҳазил ва ëлғон куни баҳонасида ëлғон эмас¸ балки чин орзуларнинг¸ майли ҳазил-мутойибага йўғрилган бўлсин¸ "махсус рўйхати"ни кутаман.

Келинг¸ яна бииииир кулишайлик...(йиғлайдиганларимиз шундоқ ҳам кўпайиб кетдик....)
Бу форум ёпилган
Шарҳларни саралаш
Шарҳлар саҳифаси
муаллиф: ozod
03.04.2011 23:13
-Bugun shaharda tramvay izidan chiqib ketib pachchava boldi. Habarni etkazishdi karimovga.

-20 yildan beri pachchava bo'lmagan nima qoldi?

муаллиф: O'zHabarMAnba
03.04.2011 19:08
Karmov bugun kelajakda o'zidan keyin voris bo'lib qoladigan qizi (GUGUSHA) uchun uchta vasiyatnoma yozib, konvertlarga solib, seyfga qo’ydi.
Birinchisida: “Agar vaziyat og’irlashsa portlovlar uyushtir va norozilarni qamab tashla. Muxolifatni surgun qil. Pulni tez-tez almashtiraman deb xalqni qo’rqit.Birorta rahbarga ishonma. Ularni almashtirib tur. Aybni doim yoningdagilarga ag’dar. Xalqqa o’zingni yaxshi qilib ko’rsat. Odamlarni o’zing haqingda gapitirib yoki kitob yozdirib tillarini qisiq qil. Vaziyat shunda ham og’irlashsa ikkinchi konvertni och” deb yozilgandi.
Ikkinchi konvertda esa: ”Demak yana portlov uyushtir. Bu safar kuchliroq va zamonaviyroq bo’lsin. Dunyo matbuotini qo’llan va dushmanlaringga qarshi kurash uchun mablag’ ista. Norozilarni yo’qotib yubor. Qamoqlarni uzoqda qur va borsa kelmas bo’lsin. Qiynoqning shunday yo’llarini topki, eshitganlarning suyagi zirqirasin. Matbuot va siyosiy tashkilotlarni qattiq nazoratdan chiqarma.. Chegaralarni mahkamla. Boyligingni asta-asta birorta mamlakatga chiqar. Bolalaringni ham.Katta mamlakatlar nima desa xo’p deginu o’z bilganingdan qolma.Vaziyat yanada og’irlashsa uchunchi konvertni och” deb yozilgandi.
Uchinchi konvertda esa “Onangni… Diktatorlikni udda qilolmasang, uchta konvertga vasiyatingni joylayu yo’qol!” deb yozilgandi

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 19:04
Karimov ertalab maslahatchi olib kirgan xorijiy xabarlarga ko’z tashladi:
“Yana portlov… Ichki ishlar bo’limi yonida kuchli potrlov, o’lganlar va yaralanganlar bor… Talabalardan bir qanchasi halok bo’ldi…20 tacha jangari mahalla ahlini garovga oldi…Otishmalar tinmayotir…Universitetlarda o’quvlar to’xtatildi…”
-Ja, oshirib yuboribsanlar-ku?- dedi u xabarlarni qarab chiqib.-Bunaqada bilib qolishadi.
-Hammasi pishiq…,-dedi vazir gerdayib.
-Haligi o’zini “portlatgan” odaminga nima bo’ldi?-so’radi Karimov.
-U ishonchli joyda. Bu yoqda esa undan nom-nishon ham qolmadi. Hatto xotini ham uning portlab ketganiga ishondi.

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 19:02
-Portlovlarga dunyoning munosabati qanday bo’lmoqda?-deb so’radi Karimov vazirdan.
-Hech ishonishmaypti,-dedi vazir.
-Unday bo’lsa yana bir ikkita binoni, kuchliroq qilib portalatib yubor!

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 19:00
Karimov ertalab vazirga telefon qildi:
-Mening idoramni portlatib yuborishdi, qayerdasan?
-Ro’yxatda sizning idorangiz yo’q edi-ku,-ajablandi vazir.
-Ishdan ketding ablah, arizangni yoz!-dedi Karimov.
-Bo’pti ketsan kettim, lekin sizni ham o’zim bilan yetaklab ketaman,- dedi vazir.
-Birinchi aprel- tonmoq kuni, kulaverib yonmoq kuni,-dedi Karimov so’zlarni qofiyalashtirib.

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 18:58
-Hujum qilganlarning ko’pchiligi qamodan chiqqanlar ekan,- dedi vazir Karimovga.
-Tezda tekshirlaring va kim ularni qo’yib yuborganini aniqlab darhol uni ushlanganlar va vatan xoini deb e’lon qilinglar.Chunki o’sha odam hujumlarning orqasida turgan qora kuch va ularni maxsus yetishtirib, qurollantirib bu ishga tayyorlagan. Mana nihoyat ipning uchini topdik,- dedi Karimov mamnun ohangda.
-Lekin ular o’zingizning Amnistiyangiz bilan chiqqanlar ekan!-dedi vazir qo’rqa-pisa.

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 18:55
-O’lgan mirshablarning hammasini “Jasorati uchun” degan ordenga taqdim et, darrrov qo’l qo’yib beraman,- dedi Karimov vazirga.
-Ular jasorat ko’rsata olmaganlari uchun o’lib ketdilar,- dedi vazir.
-Unday dema. Ular men va sen uchun o’lib ketdilar. Bu jasorat bo’lmay nima?
-Lekin…
-Lekinlayversang, o’zingn ham shularga o'hshab o'lib ketasan, Dedi Karimov

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 18:52
Maslahatchi kirganda Karimovning qo’lida “Xalq hikmatlari” kitobi bor edi.
-Men shu yerga kelganimdan beri faqat qo’lingizda shu kitobni ko’raman,- dedi u Karimovga.
- Nima gaplarimda maqollarni ishlatayotganimni sezmayapsani?- so’radi Karimov.
-Sezganda qandoq, har bir gapingiz shuning uchun ham xazinaga, hikmatga, shiorga aylanmoqda, odamlar nutqlaringizni miriqib o’qimoqdalar,- deb javob qildi maslahatchi.
-Bundan 12 yil oldin bittasining “Topponchaga javob” degan maqolasini bir kun o’tirib o’qib chiqqandim. Chunki, butun mamlakat o’sha kuni bosh ish qilmay shu maqolani qidirib o’qigandi. Buning sirini keyin bildim, u bitta yozuvida 64ta xalq maqolini ishlatgan ekan, anglab yetdim-ki, u aslida zo’r emas, g’or yozuvchi ekan. Chunki xalqning hikmatlarini ko’chirib olib, mashhur bo’lib yurgan ekan. Bu o’sha sirni ochgan, aqlimga nurni sochgan kitob,- deya uni varaqlay boshladi Karimov.

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 18:49
-Internetda nima gaplar bor?-deb so’radi bugun Karimov maslahatchisidan.
-Ba’zi og’ziga kuchi yetmaganlar, mashinlarimiz tashqarida arzon, ichkarida qimmat, deb yozishmoqda,-dedi maslahatchi.
-Ular madaniyatimizni ham bilmaydilar. Ota-bobolarimiz “Mehmon otangdan ulug’”, “O’zing chanqab o’tirgan bo’lsang ham suvingni ko’chadan kelgan tashnaga ber” deb bekorga aytmaganlar. Bu “Begonani hurmat qil” degani. Begonalar bizning mashinlarimizni olishmqochi bo’lishsa va biz arzonga bersak, bundan xafa bo’lish emas, quvonish kerak, bu bizning madaniyatimizga soqiligimizni ko’rsatadi.-dedi Karimov.

муаллиф: O'zHabarManba
03.04.2011 18:42
Bugun Karimov kundalik hisobotga qarar ekan vazirni chaqirtirib:
O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasida Qirg'izistonlik bir kishini otib qo’yibsanlarmi? Tekshirib ko’rdinglarmi, yana menga qarindosh bo’lib chiqmasin? Keyin aka-ukalarim boshimni qotirib yuboradilar,- dedi.
-Yo’q, oldin so’rab, keyin otdik,- dedi vazir
Шарҳлар саҳифаси
.