Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:22

O'zbekistonlik bokschi sobiq mutloq dunyo chempioniga qarshi ringga tushdi


21 may kuni o'zbekistonlik bokschi Sherzod Nazarov Moskva shahrining "Dinamo" arenasida sobiq mutloq dunyo chempioni Neyt Kempbellga (Nate Campbell) qarshi ringga tushdi.

Sakkiz raund davom etgan jang 79-73, 79-74, 80-74 hisobi bilan 39 yoshli amerikalik bokschining foydasiga yakunlandi.

Jang so'ngida Akboxing.ru saytiga bergan intervyusida Sherzod Nazarov sobiq mutloq dunyo chempioniga qarshi ringga rushganidan hursandligini aytdi.

- Jang davomida raqibning tajribasi kattaligi yaqqol sezilib turdi. Ahir u mendan 2-3 marotaba ko'p jang o'tkazgan. Men qo'limdan kelgancha harakat qildim. Lekin raqibim o'ziga hos chaqqonlik bilan zarbalarimga chap berdi. O'ylaymanki mutloq dunyo chempioniga qarshi o'tkazgan jang mening o'zimga bo'lgan ishonchimni oshiradi, deydi o'zbekistonlik bokschi Sherzod Nazarov.

Sherzod Nazarov 1984 yili Samarqand viloyatida tavallud topgan. Shu kungacha u professional boksda 17 jang o'tkagan. Sherzod ularning 12da g'olib bo'lib, 5da esa mag'lubiyatga uchragan. O'zbekiston professional bokschilari reytingida Sherzod Nazarov ikkinchi o'rinni egallaydi. Dunyo reytingida esa u 1442 bokschi orasida 436-o'rinda. Ayni damda Sherzod bokschilik faoliyatini Rossiyaning Sankt-Peterburh shahrida olib bormoqda.

Sherzod Nazarovning Neyt Kempbelga qarshi o'tkazgan jangidan lavhalar:



Sherzod Nazarov intervyusi:

XS
SM
MD
LG