Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:37

Blog: "Qari qiz" qiz emasmi?


Muallif: Saodat

Oilada qiz tug‘ildiki, otaning tashvishi qiziga sep yig‘ishdan boshlanadi. Qiz ulg‘aygan sari qozon-tovoqqa qo‘li o‘rgatiladi. Ertalabdan ko‘chani suv sepib supurish, kir yuvish, mehmon kutish va boshqa odatlarga o‘rgatilib, kelinlikka tayyorlanadi. Albatta, bu asnoda o‘zbek oilasining qizi to‘yga qadar bokiraligini ham saqlab qolishi lozim...

Bokiralik haqida emas-u, o'zbekning "qari qiz"lari haqida gaplashsak.

Yigitlarning uylanish “modasi” bugun yosh qizlarga tushgan. Yoshi 30ga borib qolgan bo‘lsa ham 16 yashar qizga uylanishga harakat qiladi. Bu moda bugun "qari qiz" qatoriga 20 yoshli qizlarni ham qo‘shilishiga olib kelmoqda.

Farg‘ona vodiysidagi ayollar qizlari 18ga kirishi bilanoq, “qizim o‘tirib qoldi” deya vahimaga tushadi.

Agar qiz bola o‘qimishli, va karera qurishni boshlagan bo‘lsa, uning "qari qiz"lar qatoriga qo‘shilishiga imkoni ko‘proq bo‘ladi. O‘qimishli, tili chechan kelin qaynonaga yoqmasa kerak-da.

Bo‘lajak kuyovlarning onasi esa “yoshi katta qiz ekan” deb sovchilikka borgan eshigidan qaytib ham ketadi.

Onam aytar edi, “yoshi 30ga yaqinlashgan qiz "qari qiz" hisoblanadi” deb. Bu gapga ham o‘n yilcha bo‘lib qoldi. Endi bu ibora 20dan o‘tishi bilan qizlarga tamg‘a sifatida bosilmoqdami?

Nega yigitchalar yoshroq qizlarga uylanishga harakat qiladi?
XS
SM
MD
LG