жума, апрел 29, 2016 маҳаллий вақт 15:23

OZODLIK - LOTIN

Moskva sudi 4 yashar qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik enagani qamoqda qoldirdi

Bugun Moskva mahkamasi joriy yil fevralida 4 yashar nogiron qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qamoq muddatini yana bir oyga uzaytirdi.
Тафсилотлар

Аудио  “Karimovning “meva” siyosati qizi o‘rnini egallagan oligarxga qarshi qaratilgan”

Sarlavhaga chiqarilgan fikrni Islom Karimovning 25-26 aprel kunlari Moskvaga qilgan safari natijalari¸ xususan¸ Putin bilan suhbatda qovun-tarvuzga alohida ahamiyat berilganini sharhlayotib, toshkentlik siyosatshunos Anvar Nazirov bildirdi.
Тафсилотлар

O‘ynashi bilan telefon suhbati oshkor qilingan ayol mobil shirkatidan arz qildi

Ozodlikka murojaat qilgan 33 yashar toshkentlik ayol xushtori bilan xufyona telefon suhbatlari yozib olinib, yaqinlariga berilganini iddao qilmoqda. Ayolga ko‘ra¸ xushtorining xotini Toshkent viloyati IIBdagi qarindoshi ko‘magida o‘zining telefon suhbatlari yozib olib eriga eshittirganidan so‘ng¸ ikki bolasi bilan qonunsiz ravishda ko‘chaga haydalgan.
Тафсилотлар

Аудио Andijon "Eski shahar" bozori buzilishi ortidan savdogarlar banklarga qarzini to‘lolmayapti

OzodMikrofon rukniga Andijondan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor o‘tgan yili mahalliy hukumat “Eski shahar” bozorini buzishi oqibatida ishsiz qolib, hozirda bankdan olgan kreditlarni to‘lolmay qiyin ahvolga tushib qolganini gapirdi.
Тафсилотлар

AQSh kinoensiklopediyasiga kirgan ilk o‘zbek rassomi 80 yoshga kirdi

Andrey Tarkovskiy, Elem Klimov, Larisa Shepitko kabi afsonaviy kinochilar suratga olgan asarlarda rassom va akter sifatida ijod qilgan rassom Shavkat Abdusalomov 80 yillik tavalludini Moskvada nishonlamoqda. 1974 yilda Elem Klimov suratga olgan “Agóniya” filmida sahnalashtiruvchi rassom sifatida qatnashganidan keyin Shavkat Abdusalomovga “moskvalik estet” degan norasmiy maqom berilgan bo‘lsada u o‘zi tug‘ilgan yurtida e’zoz ko‘rmaganidan noliydi. Oxirgi marta 1990 yilda O‘zbekistonga borgan Shavkat Abdusalomovning Ozodlikka taajjub bilan aytishicha¸ u rasmiy Toshkent uchun istalmagan kishi sifatida qolmoqda.
Тафсилотлар

Janna Nemsova otasining o‘limi uchun Ramzan Qodirovni so‘roq qilishga chaqirdi

Kreml¸ xususan¸ prezident Putinning keskin tanqidchisi bo‘lib kelgan Rossiya muxolifatining o‘ldirib ketilgan yetakchisi Boris Nemsovning qizi Tergov qo‘mitasiga so‘rov bilan murojaat qildi.
Тафсилотлар

Freedom House jahon bo‘ylab mabuot erkinligi vaziyati yomonlashganidan bong urdi

Jahon bo‘ylab matbuot erkinligi vaziyati so‘nggi 12 yil ichidagi eng yomon ahvolga tushganini qayd etgan Freedom House tashkiloti o‘z yangi hisobotida Markaziy Osiyo mintaqasidagi matbuot erkinligi vaziyatida 2015 yil davomida hech qanday ijobiy o‘zgarish kuzatilmaganini ta’kidladi.
Тафсилотлар

Pasportini yo‘qotgan o‘zbekistonlik 390 720 so‘m jarima to‘laydi

Bu jazo chorasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritildi. Islom Karimov 27 aprelda imzolagan qonun bilan pasport rejimini kuchaytirishga qaratilgan boshqa me’yorlar ham joriy etildi.
Тафсилотлар

Фотогалерея O‘zbekiston Xalq artisti San’at Devonov Xorazmda dafn qilindi

O‘zbekiston Xalq artisti¸ O‘zbekiston¸ Tojikiston¸ Rossiya¸ Bolgariya va Hindistonda suratga olingan filmlarda 55 dan ortiq rol ijro qilgan San’at Devonov 27 aprel kuni 84 yoshida olamdan o‘tdi. Yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ taniqli aktyor 28 aprel kuni Xorazmda dafn qilindi. Marhum 84 yoshida o‘zi tug‘ilgan Xorazm viloyatida 27 aprel peshindan keyin olamdan o‘tgan edi.
Тафсилотлар

Jangarilar qo‘lidagi Aleppoga qilingan hujumlarda 60 dan oshiq odam o‘ldi

Chegara bilmas vrachlar tashkilotining bildirishicha¸ Suriyaning Aleppo shahrida jangarilar nazoratidagi kasalxonaga qilingan havo hujumlari oqibatida kamida 14 bemor va olti tibbiy xizmatchi nobud bo‘lgan.
Тафсилотлар
OLDINGI MAQOLALAR

Video va fotolar burchagi

Браузерингизда JavaScript ўчирилган ëки компютерингизда Adobe's Flash Player нинг эски версияси ўрнатилган. Flash Player нинг янгисини бу ердан олиншингиз мумкин.
Сув ёнаяпти-ми? Ҳа, албатта!i
X
28.04.2016
Қирғизистон шимолидаги Норин вилояти Кочкор туманида “ёнарсув” топилди. 80 метрлик қудуқдан чиқувчи сув муздай эсада, гўгирт ёқсангиз ёнади. Бу сув таркибида газнинг борлиги билан изоҳланади. Маҳаллий аҳоли уни тери-пўст ва аллергия касалликларига шифо эканини айтади.
Видео

Видео Сув ёнаяпти-ми? Ҳа, албатта!

Қирғизистон шимолидаги Норин вилояти Кочкор туманида “ёнарсув” топилди. 80 метрлик қудуқдан чиқувчи сув муздай эсада, гўгирт ёқсангиз ёнади. Бу сув таркибида газнинг борлиги билан изоҳланади. Маҳаллий аҳоли уни тери-пўст ва аллергия касалликларига шифо эканини айтади.
Видео

Видео Нурланган заминда яшаш осонми?

Василь Сокиренко "Чернобиль Ҳалокат Ҳудуди"да яшайди. У бу заминда асал ва сабзавотлар етиштиради. У ҳудуддаги радиация таҳдидидан тинчликни устун билганлардан.
Видео

Видео Азамат Абдурайимов: Пахтакор – менинг юрагимда

Ўзбек футболи юлдузи Азамат Абдурайимов бугун 50 ëшга тўлди. Озодлик ва Абдурайимов суҳбатини томоша қилинг.
Фотогалерея

Фотогалерея Тошкент тарихидаги энг кучли зилзила манзараси

Марказий Осиёдаги энг кучли ва фожеали зилзила юз берганига 50 йил тўлди
Видео

Видео Атирауда ернинг хорижликларга сотилишига қарши намойиш

Қозоғистоннинг Атирау шаҳрида 1000га яқин одам ҳукуматнинг ерни кимошди савдосида сотиш қарорига қарши намойиш ўтказди. Намойиш шаҳарда ер ажнабийларга сотилиши мумкин, деган қўрқув тарқалиши ортидан, 24 апрелда бўлиб ўтди.

Ozodlik Odnoklassnikida