Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:57

NATO xavfsizlik mas‘uliyatini afg‘on kuchlariga topshirish niyatida


Afghanistan -- fghan National Army (ANA) soldiers march during a graduation ceremony at Ghazi Military Training Center in Kabul, 15Jul2010
Afghanistan -- fghan National Army (ANA) soldiers march during a graduation ceremony at Ghazi Military Training Center in Kabul, 15Jul2010
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Afg‘onistondagi NATO qo‘shinlari xavfsizlikni ta‘minlash mas‘uliyatni kelasi yilda Afg‘oniston hukumati kuchlariga topshira boshlashi kerakligini aytdi.

Rasmussen fikricha, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat ancha yaxshilangani bois mahalliy kuchlar xavfsizlik mas‘uliyatini o‘z zimmasiga ola boshlashi mumkin.

Ayni paytda NATO rahbari koalitsion kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqilishi muddati mamlakatdagi vaziyatga bog‘liq ekanini urg‘uladi.

NATOga a‘zo davlatlar vakillarining noyabr oyida Portugaliyada o‘tkaziladigan yig‘ilishida xavfsizlikni ta‘minlash mas‘uliyatini Afg‘oniston kuchlariga topshirish, jumladan, turli viloyatlar uchun muddat belgilash rejasi va muvaffaqiyat mezonlari ishlab chiqilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG