Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:53

Soros HRUga 100 million dollar beradi


Amerikalik milliarder filantrop Jorj Soros kelasi 10 yil davomida Hyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkilotiga 100 million AQSh dollari miqdorida grant berishini e‘lon qildi.

Tashkilot bu mablag‘ni Sorosning Ochiq jamiyat jamg‘armasidan olayotganini aytdi.

HRU kelasi besh yil davomida o‘z byudjetini 48 million dollardan 80 million dollarga ko‘paytirish uchun xususiy jamg‘armalardan mablag‘ izlamoqda.

Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan Hyuman Rayts Uotch jismoni shaxslar va jamg‘armalar mablag‘i hisobiga faoliyat yuritib keladi.
XS
SM
MD
LG