Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:34

Vladikavkazdagi portlash qurbonlari soni 16ga yetdi


Vladikavkazdagi portlash qurbonlari soni 16ga yetdi

Rossiyaning Shimoliy Osetiya Respublikasida portlovchi moslama o‘rnatilgan mashinani boshqargan xudkush hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi, 100dan ortiq odam jarohatlandi.

Portlash Shimoliy Osetiya poytaxti Vladikavkazning markaziy bozoriga kiraverish joyda ro‘y berdi.



Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot vakili Vladimir Markin voqea yuzasidan terrorchilik moddasi bo‘iycha jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma‘lum qildi.

- Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 11:20da, Vladikavkaz shahrining markaziy bozori darvozasi oldiga qo‘yilgan mashinada bo‘lgan xudkush terrorchi portlovchi moslamani harakatga keltirdi. Bu fakt bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining uchta moddasi, 205-modda – terrorchilik harakati, 105 moddaning ikkinchi bandi – ikki va undan ko‘proq odamni o‘ldirish va 222-modda – noqonuniy qurol savdosi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, dedi Rossiya bosh prokuraturasi rasmiysi.

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev zudlikda o‘z vakilini Vladikavkazga jo‘natdi.

Shimoliy Osetiya qo‘shni Checheniston va Dog‘iston respublikalaridan ko‘ra nisbatan tinchroq, lekin bu yerda ham vaqti-vaqti bilan millatlararo mojarolar va terrorchi hurujlari ro‘y berib turadi.
XS
SM
MD
LG