Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:07

Kaliningradda o‘zbekistonlik mardikor ikki yurtdoshini yoqib yubordi


Kaliningradning “Iskra” jamiyatiga qarashli dala hovlilaridan birida spirtli ichimlik ichib o‘tirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘rtasida janjal chiqqani oqibatida ulardan biri o‘ldi, yana biri og‘ir tan jarohati oldi.

Mushtlashuv paytida ulardan biri plastik butilkadagi benzinni sheriklariga sepib, ularni yoqib yuborgan, deya ma‘lum qildi Kaliningrad prokuraturasi matbuot kotibi Marianna Andryushina.

Natijada, 1979 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotiqizilgan. Keyinroq jabrlanganlardan biri vafot etgan.

Hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi o‘z yurtdoshlarini rashk ustida yoqib yuborganiga iqror bo‘ldi.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG