Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:12

Dushanbe hibsxonasidan qochgan mahbuslarning yana biri qo‘lga olindi


Rossiya fuqarosi Ali Aliev 2009 yili Tojikiston Oliy sudi tarafidan 23 yilga qamalgan edi.
Rossiya fuqarosi Ali Aliev 2009 yili Tojikiston Oliy sudi tarafidan 23 yilga qamalgan edi.
Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vaqtincha saqlash hibsxonasidan qochgan mahbuslardan yana biri qo‘lga olindi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, bugun Vahdat tumanida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida Ali Aliyev qo‘lga olingan.

27 yoshli Rossiya fuqarosi Ali Aliyev shu yil 23 avgust kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtincha saqlash hibsxonasidan qochgan 25 mahbusdan biridir.

Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatida tug‘ilgan Aliyev o‘tgan yil yozida Tojikiston sharqidagi Tavildarada ro‘y bergan tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblanib, Oliy sud hukmi bilan 23 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
XS
SM
MD
LG