Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:23

Qirg`izistonlik o`zbeklar Moskvada namoyish o`tkazdi


Moskvadagi BMT idorasi oldida qirg`izistonlik 200ga yaqin o`zbek namoyish o`tkazdi.

Namoyishchilar iyun oyida Qirg`iziston janubida sodir etilgan xunrezliklar bo`yicha xalqaro tekshiruv o`tkazish hamda O`sh va Jalolobod viloyatlariga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 52 nafar qurolsiz politsiya maslahatchilarini kiritishni talab qildilar.

Ozodlikka qo`ng`iroq qilgan namoyish ishtirokchilari 20 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yig`ilishida so`zlagan O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Qirg`izistondagi qonli voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o`tkazishga chaqirgani uchun O`zbekiston rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.
XS
SM
MD
LG