Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Jizzaxda Tojikiston fuqarolari sudlandi


Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra,shu yilning 8 oyi oralig‘ida Tojikistonning Zafarobod tumanida chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblanib, O‘zbekistonning 10 fuqarosi sudlangan.
Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra,shu yilning 8 oyi oralig‘ida Tojikistonning Zafarobod tumanida chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblanib, O‘zbekistonning 10 fuqarosi sudlangan.

Jizzaxda Tojikistonning ikki fuqarosi O‘zbekistonga tegishli yerlarda dehqonchilik qilgani uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biroq tojik rasmiylari dexqonlar Tojikiston hududida dehqonchilik qilishganini, o‘zbek chegarachilari esa ularni noqonuniy tarzda hibs etganini aytmoqda.


Ma‘lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida mahkamaga tortilgan Tojikiston fuqarolari Abdujabbor Jalilov va Akmal Ismoilov o‘z yerlarida dexqonchilik bilan shug‘ullanayotgan paytda O‘zbekiston chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan.

Maqolaning audiosini eshtining:


- Uchta yosh bolam bilan qoldim. O‘zim hech qayerda ishlamayman. Boquvchimiz erim edi. Endi nima qilamiz, bilmayman. Qo‘shnilarimdan qarz olib O‘zbekistonga, sudga bordim. Erimni ikki yilga qamashdi, - deydi Akmal Ismoilovning rafiqasi Oisha.

Ozodlikdan mahrum etilgan Abdujabbor Jalilovning akasi Latif Jamolovga ko‘ra, Ravshan qishlog‘i aholisi bu yerlarda Sho‘rolar davrida ham dexqonchilik qilishgan. Bu yerlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlari ham bor.

- Soat 12 lar edi. Ukam va Akmal Ismoilov yerda ishlayotgan edi. Men chaylada yotgan edim. Shu payt o‘n sakkizta O‘zbekiston chegarachisi va bir ofitser keldi. Ular ukamni va Akmalni qo‘llarini orqasiga qilib, oldilariga solib olib ketishdi. Meni gaplarimga e‘tibor ham berishmadi. Shundan keyin zudlik bilan chegara bo‘limiga bordim, u yerdan keyin militsiyaga murojaat qildim, - deydi Latif Jamolov.

Latif Jamolov bu yerlar Tojikistonga qarashli ekanligi va qarindoshlari hech qanday qonunni buzmaganliklarini isbotlovchi hujjatlarni yig‘ib, O‘zbekistonga borgan. Biroq O‘zbekiston sudi bu hujjatlarni inobatga olmagan.

- Bu mojarodan keyin biz ham o‘z navbatida barcha hujjatlarni yig‘dik. Tojikiston chegarachilari bilan maslahatlashib, O‘zbekiston chegarachilari va rasmiylari bilan uchrashdik. Bir necha soat davom etgan muloqotdan keyin, O‘zbekiston rasmiylari mazkur yerlar Tojikistonga qarashli ekanligini tan olishdi, - deydi Zafarobod tuman hokimiyatining Yer qo‘mitasi raisi Toxir Qurbonov.

Toxir Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tojikistonliklar borasida chiqarilgan hukm bekor qilinmasligini aytishgan. O‘zbekiston tomoni iddaolariga ko‘ra, tojikistonliklar keltirilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan yerlarda emas, balki O‘zbekistonga qarashli hududda dexqonchilik qilishgan.

Tahlilchilarning aytishlaricha, tojik - o‘zbek chegarasidagi bunday bahsli hududlar hali ko‘p. Zafarobod tuman mahkamasi hakami Muhammadjon Ashurovning so‘zlariga ko‘ra, mana shunday noaniqliklar sabab, O‘zbekiston fuqarolari ham, Tojikiston fuqarolari ham chegarani tez - tez buzib turishadi.

- Joriy yilning sakkiz oyi davomida Tojikiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekistonning 7 fuqarosi ma‘muriy jazoga tortilgan. Ular ming somoni miqdorida jarima to‘lashgan va sud zalida ozod etilgan edilar. Bundan tashqari yana O‘zbekistonning yana 3 nafar fuqarosi chegarani noqonuniy o‘tganlik va kontrabanda bilan shug‘ullanganlikda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan. O‘zbekistonning bu fuqarolari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilganlar,- deydi sudya.
XS
SM
MD
LG