Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:59

Qirg‘iziston O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi


Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev.
Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev.
BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilgan Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev Qirg‘iziston janubida iyun oyida sodir bo‘lgan tartibsizliklar paytida vaziyatni barqarorlashtirishda tutgan roli va ko‘rsatgan bebaxo yordami uchun O‘zbekiston hukumatiga, xususan, prezident Islom Karimovga minnatdorlik bildirdi.

- Qirg‘iziston Respublikasi mamlakat janubidagi vaziyatni barqarorlashtirishda, ayniqsa, tartibsizliklar yuz bergan dastlabki kunlarda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati, shaxsan prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov tutgan pozitsiya va xatti-harakatlarni yuqori baxolaydi. Shuningdek, biz Qirg‘iziston fuqarolarining O‘zbekiston hududiga o‘tishlari hamda Vatanga qaytishlarida birodar mamlakatning hukumati tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlashni va ko‘rsatilgan babaxo yordamlarni yuqori baxolaymiz, - dedi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri.

O‘sh va Jalolobod viloyatlarida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar paytida yuz minglab odam O‘zbekiston hududiga o‘tgan.

Qochqinlar masalalari bo‘yicha BMT idorasi va mustaqil kuzatuvchilar qirg‘izistonlik qochqinlar uchun O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlarga yuqori baxo bergan va dunyodagi eng avtoritar rejimlardan biri deb qarab kelingan Toshkent hukumatini olqishlagan.
XS
SM
MD
LG