Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:18

Jahon banki Pokistonga 400 million dollar kredit berishni ma‘qulladi


Bu mablag‘ misli ko‘rilmagan suv toshqinlari ro‘y bergan Pokistonda qayta tiklash ishlariga sarflanishi mo‘ljallangan.

Jahon banki payshanba kuni e‘lon qilgan bayonotda tabiiy ofatdan aziyat chekkan aholiga yordam berish maqsadida oziq-ovqat, tibbiy dorilar, chodirlar, yonilg‘i va uskunalar sotib olish uchun Pokistonga 300 million dollar kredit ajratilgani bildirilgan.

Jahon banki bu mablag‘ suv toshqinlari oqibatlarini tugatish uchun Pokistonga va‘da qilingan bir milliard dollar yordam pulining bir qismi ekanini bildirdi.

Bayonotda, dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra suv toshqinlari oqibatida Pokistonda bir million 800 ming uyga zarar yetgani yoki vayron bo‘lgani hamda sakkiz million aholi uylarini tashlab boshqa joylarga ko‘chgani bildirilgan.

Jahon banki tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan avtomobil yo‘llarini ta‘mirlashda Pokistonga yordam berish uchun yana 130 million dollar kredit berilishini ma‘qulladi.
XS
SM
MD
LG