Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:11

Tyumenda taqirboshlar sudlandi


Tyumen viloyat sudi tomonidan ekstremist topilgan 14 nafar taqirbosh turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Ular O‘zbekiston, Tojikiston va Armaniston fuqarolarining 6 nafariga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda, ikki nafarini o‘ldirganlikda ayblanib, 4 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi.

Tergov idoralari xodimlari bergan ma‘lumotga ko‘ra, taqirboshlarning noqonuniy tashkiloti tarkibiga, shuningdek, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslar kirgan.

Taqirboshlar tashkiloti asoschisi Aleksandr Xodirev 20 yillik jazo muddatini qattiq rejimdagi koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.

Jinoiy guruh faoliyati 2008 yilning kuzida Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan to‘xtatilgan.
XS
SM
MD
LG