Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:27

Mirodil Jalolov "Laylat ul-Qadr" kechasida olib ketildi


"Zeromaks"ning hamon ochiq qolayotgan rasmiy saytida Mirodil Jalolov boshliq maqomini "saqlab qolgan."
"Zeromaks"ning hamon ochiq qolayotgan rasmiy saytida Mirodil Jalolov boshliq maqomini "saqlab qolgan."
Sobiq “Zeromaks” shirkati bosh ijrochi direktori Mirodil Jalolov qamaldi. Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, Jalolov ustidan sud boshlangan, lekin bu xabarlarni tasdiqlashning iloji bo‘lmadi.
Prezidentning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgani aytilayotgan va Shveytsariyada ro'yhatdan o'tib, O'zbekistonda ish olib borgan "Zeromaks" shirkati asosan neft, gaz va oltin qazib olish, qishloq xo‘jaligi va tekstil sanoati bilan shug‘ullangan.

Jalolovning qamoqqa olinganiga oid xabarlar Ozodlikka ikki hafta avval yetib kelgan, lekin shu paytgacha bu xabarlarni tasdiqlashning iloji bo‘lmayotgan edi. Va nihoyat bu xabarni yakshanba kuni unga yaqin bo‘lgan manba tasdiqladi. Manbaga ko'ra, sobiq “Zeromaks” shirkati boshlig‘i Mirodil Jalolov taxminan bir oy avval Ramazon oyining Laylat uk-Qadr kechasi hibsga olingan.

Ayni paytda, Jalolovga yaqin manbaning aytishicha, sobiq “Zeromaks” shirkatining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘ulomjon Imonazarov hibsdan ozod etilgan.

Imonazarov shu yilning may oyida “Zeromaks” shirkatining O‘zbekistondagi faoliyati to‘xtatilib, barcha hisob raqamlari muzlatib qo‘yilgan paytda hibsga olingan edi.

Ayrim tahlilchilar “Zeromaks” shirkati hokimiyat doiralaridagi muayyan guruhlarning O‘zbekistondan katta miqdordagi mablag‘larni tashqariga olib chiqish vositasi o‘laroq yaratilgan loyiha bo‘lgan, degan fikrni ilgari suradi.

Gulnora Karimovaning keyingi yillardagi biznes loyihalari bilan yaqindan tanish bo‘lgan va ovozi yozib olinmasligi sharti bilan gapirgan tahlilchi “Zeromaks” shirkati o‘zining vazifasini bajarib bo‘lgan ko‘rinadi deydi: “Gulnora “Zeromaks” vositasida O‘zbekistonda gaz, neft, oltin, paxta va boshqa sohalardan milliardlab dollar miqdorida foyda ko‘rdi. “Zeromaks”ning keyingi yillardagi faoliyati esa, bu pullarni tashqariga olib chiqishga qaratildi va aftidan buning uddasidan chiqqan ko‘rinadi. Ya‘ni “Zeromaks” va Gulnoraning biznes hamkori Mirodil Jalolov o‘z missiyalarini bajarib bo‘ldilar”, deydi ismi sir qolishini istagan tahlilchi.
XS
SM
MD
LG