Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:49

Vyengriyada ekologik halokat yuz berdi


Vyengriya rahbariyati Kolontar shahridagi alyuminiy zavodi chiqindilari oqib ketishi oqibatlarini “ekologik halokat” deb atab, zavod atrofidagi hududlarda favqulodda holat e‘lon qildi.

Zavodda alyuminiy rudasi qayta ishlanganidan keyin qoldiqlari yig‘iladigan havzaga zarar yetgan va natijada qariyb million kub metr zaharli chiqindi tashqariga – aholi punktlariga oqib ketgan.


Oqayotgan zaharli chiqindi selining balandligi 3 metrga ko‘tarilgan.

4 kishi halokat qurboni bo‘ldi, boshqa 6 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Ma‘lumotlarga qaraganda, zavodning chiqindi to‘planadigan havzasi ikki hafta muqaddam tekshirilgan va xavfsirashga asos yo‘q edi.
XS
SM
MD
LG