Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:42

Tojikistondagi qochqinlarni uchinchi davlatga ko‘chirish masalasi hal bo‘lmay qolmoqda


Iyun oyidagi referendum bahonasida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qaytarilgan o‘shlik va jalolobodlik o‘zbeklarning ayrimlari o‘z jonlari uchun xavfsirab, boshpana izlab Tojikistonga ketgan edilar.
Iyun oyidagi referendum bahonasida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qaytarilgan o‘shlik va jalolobodlik o‘zbeklarning ayrimlari o‘z jonlari uchun xavfsirab, boshpana izlab Tojikistonga ketgan edilar.
O‘sh va Jalolobod shaharlarida yuz bergan iyun oyi qirg‘inidan so‘ng Tojikistonda boshpana izlashga majbur bo‘lishgan 70dan ortiq qirg‘zistonlik o'zbeklar mana bir necha oyki hali ham arosatda qolmoqda. Tojik rasmiylarining aytishicha, Tojikiston Ichki ishlar vazirligining muhojirlik xizmati qirg‘izistonlik o‘zbek qochqinlarini BMT konvyensiyasi asosida bu mamlakatda qabul qilingan. Biroq, rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, qochqinlarni uchinchi davlatga jo‘natish xalqaro tashkilotlar vazifasi.

BMTning qonchqilar ishlari bo‘yicha Tojikistondagi vakolatxonasi ma‘sullari esa o‘zbek qochqinlariga tezkor yordam bera olmasligini aytgan, chunki qochqinlarni ommaviy ravishda uchinchi davlatga jo‘natish dasturi 2005 yilda nihoyasiga etgan.

O‘zbek qochqinlarning so‘zlariga ko‘ra, ularni tojik rasmiylari va mahalliy halq iliqlik va mehmondo‘stlik bilan kutib olishgan. Lekin, mehmonda munosabat yaxshiligiga qaramay, “o‘z uying, o‘lan to‘shaging” deganlaridek, musofirchilikdan og‘ir narsa yo‘q inson uchun, deya takidlaydi Tojikistondagi o‘zbek qochqinlari.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, o‘shlik va jalolobodlik o‘zbek qochqinlari BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Dushanbedagi idorasi ko‘magida uchinchi davlatga chiqib ketish ilinjida Tojikistonga o‘tib kelishlari davom etmoqda.

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarligi Tojikistondagi vakolatxonasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, respublikada ayni paytda uch mingdan qochqinlar istiqomat qiladi.Bu qochqinlarning 97 foizini Afg‘oniston fuqarolari tashkil etadi.

Qo‘shimcha ma‘lumot:

Qirg‘iziston janubida iyun oyida yuz bergan qirg‘in mobaynida va undan so‘ng 400 mingga yaqin qirg‘izistonlik o‘zbeklar O‘zbekistonga qochishgan edi. Lekni iyun oyidagi referendum bahonasida qochqinlar o‘z uylariga qaytarilgan edi. O‘sh va Jalolobodlik o‘zbeklarning Ozodlikka qilgan ko‘plab murojaatlari va xalqaro tashlilorlarning hisobotiga ko‘ra, qirg‘izistonlik o‘zbeklarga nisbatan bosim hali ham pasaygan emas.
XS
SM
MD
LG