Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:22

"Qorako‘z"ni kim ko‘rdi?


"Qorako'z" filmining premyerasi 10.10.10 da Alisher Navoiy nomli kino saroyida va kinochilar uyida o'tdi.
"Qorako'z" filmining premyerasi 10.10.10 da Alisher Navoiy nomli kino saroyida va kinochilar uyida o'tdi.
10.10.10 dek sirli va chiroylik sanada tamoshabinlarga taqdim etilgan "Qorako‘z" filmi ko‘pchilik yoshlarga yoqib tushishini va "xit sezona" bo‘lishini ko‘plab kino-kritiklar bashorat qilib kelayotgan edi. Rostdan ham hozir yoshlarning bu filmdan "krishasi" ketyaptimi? Bu savolga javobni sizdan - aziz mushtariydan kutib qolamiz.

"Qorako‘z" filmining bosh rejissyori Jahongir Ahmedov. Kritinklarning aytishicha, bu film bilan Jahongir Ahmedov o‘zining yosh va talantli rejisser ekanligini ko‘plarga ko‘rsatib qoydi.

Film nafaqat talantli rejiseri, balki yosh va iste‘dodli akter va aktrisalari bilan ham maqtansa bo‘ladi. Bosh ro‘llarda ko‘plarga tanish va minglab qizlarning "oh-voyiga" sababchi aktyor Alisher Uzoqov va kino olamiga nisbatan yangi kirib, so‘ngra chiqib, keyin yana kelgan aktrisa Zarina Nizomiddinova (bolla, "oh-voyilani" qoya turila keyinroqqa). Shuningdek, filmda akterlardan Mahmud Ismoilov, Furqat Fayziev, aktrisalar Shohida Ismoilova va Ra‘no Yarashevelar suratga tushishgan.

Film melodrama janrida suratga olinga va yoshlar orasidagi ta‘sirli muhabbat mavzusini ilgari suradi. Alisher Uzoqov va Zarina Nizomiddinovaning iste‘dodi sababmi, yoki ulaning bundan oldin ham melodrama janridagi filmlarda ro‘llar o‘ynagani sababmi, ikkalasi ham juda mahoratli o‘yin ko‘rsatishdi.

Sayyod.com tayyorlagan filmning treylerini tamosha qiling:


Qisqacha aytganda, film stsenariysi bosh qahramonning bir maromdagi zerikarli hayotining to‘satdan tugashi va uning boshiga katta ma‘suliyat tushishi bilan boshlanadi. U yosh qiz bilan tanishib va qizning otasi vafot etganda uning qarzlarini o‘z boyniga olib qizga yordam beradi.

Film hayotiy kadrlarga to‘laligi bilan odamni diqqatini o‘zida ohirigacha saqlab turadi.

"Qorako‘z" filmining o‘ziga hos "fishka"si ham bor. Kritiklarning aytishicha, bu "fishka" yoshlar ichida tez modaga kirishi turgan gap.

"Salom, ismim Sarvar, yoshim 25da..."

Aziz mushtariy, siz "Qorako‘z"ni ko‘rdingizmi? Umuman aytganda, sizga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan filmlar yoqadimi? Agar yoqsa, qaysilari?
XS
SM
MD
LG