Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:25

O‘zbekistonda matbuot erkinligi yo‘qligicha qolmoqda


Markazi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha yangi hisobotida O‘zbekiston 178 davlatga baho berilgan reytingda 163-pog‘onadan joy oldi.


Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining o‘tgan yilgi ro‘yxatida O‘zbekiston 160-o‘rinda edi. Bu yili matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston uch pog‘ona pastga sho‘ng‘igan.

Markaziy Osiy davlatlari orasida Tojikiston matbuoti nisbatan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega ekani qayd qilinib, 115-pog‘onadan o‘ringa qo‘yilgan.

Qirg‘iziston matbuot erkinligi bo‘yicha O‘zbekistondan to‘rt pog‘ona, Qozog‘iston esa bir pog‘ona yuqorida.

Turkmanistonda matbuot erkinligi qo‘shni davlatlarga nisbatan eng yomon deb topilgan. Turkmaniston mazkur reytingda 176-o‘rinni, pastdan uchinchi pog‘onani egalladi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti joriy yilning may oyida matbuot erkinligi dushmanlari qora ro‘yxatini e‘lon qilgan va bu ro‘yxatga kiritilgan 40 shaxs orasida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ham bor.

O‘zbekistonda matbuot erkinligi ayanchli ahvolda qolayotganiga yaqinda ikki jurnalist ustidan o‘tkazilgan sudlovlar ham misol bo‘lishi mumkin.

“Amerika ovozi” radiosining O‘zbekistondagi muxbiri Abdumalik Boboyev va Rossiyaning “Parlamentskaya gazeta” nashri muxbiri, “Vesti.uz” internet sayti bosh muharriri Vladimir Berezovskiylar o‘z maqolalarida O‘zbekistonga qarshi tuhmat va haqorat qilganlikda, aybdor deb topildi.

Mavzuga oid tafsilotlar bilan kun davomida tanishtiramiz.
XS
SM
MD
LG