Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Siz militsioner bo'lishni hohlaysizmi?


Kecha, 25 oktabr kuni O'zbekistonda militsionerlarning kasb bayrami nishonlandi. Toshkentdagi “Turkiston” saroyida O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar xodimlaridan bir guruhiga hukumat mukofotlari topshirildi. Ichki ishlar xodimlari kasb bayrami munosabati bilan mukofot olganlar orasida yo‘l patrul xizmati zobitlari, tergovchilar va qamoqxona nozirlari bor. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika markazi boshlig‘i esa O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra "Sodiq xizmatlari uchun" medaliga loyiq topildi.

Ko'pchilik o'rinli savol berishi mumkin: "Nimasi uchun bizning militsiya rag'batlantirilishi kerak?" Bir mahallar bolalar orasida "Styopa amaki militsioner" kabi she'rlar va katta oradida "Mening militsiyam - mening himoyachim" kabi shiorlar ostida PR, ya'ni reklama qilingan ichki ishlar vazirligining bugungi asl shiori va maqomi halq ichida militsiya haqida urchiyotgan latiflarda o'z aksini olgan. Lekin bir tarafdan to'gri, militsiyani ko'rgan inson himoya haqida o'ylaydi. O'zini militsiyadan himoya qilishni o'ylaydi. O'ylaydi-yu militsiyani cheklab, iloji boricha undan uzoqroq o'tishga harakat qiladi.

Toshkentlik tahlilchi Komron Aliyev bu haqda shunday deydi:

O‘zbekistonda xalq bilan militsiya o‘rtasida shunday bir tarang vaziyat yuzaga kelganki, agarda oddiy fuqaro militsiyaning yaqinidan o‘tayotgan bo‘lsa, iloji bo‘lsa, ko‘chaning narigi tomoniga o‘tib ketadi. O‘tayotgan odamning yuragida albatta qanaqadir bir qo‘rqinch paydo bo‘ladi. Bir seskanib oladi. Bir vaqtlar “Mening militsiyam - mening himoyachim” degan shiorlar mavjud edi. Hozir bu shiorni hamma unutgan bo‘lsa kerak. Hatto ko‘chadagi tartibni saqlaydigan militsionerlar emas GAI xodimlarini oladigan bo‘lsak, har bir mashina haydovchisi katta mablag‘ puli bo‘lib o‘ziga ishongan bo‘lmasa, o‘tayotgan vaqtida bir seskanib o‘tib ketib qoladi.

Ichki ishlar vazirligi hodimlari rag'batlar olib turgan bir paytda xalqaro hisobotlar O‘zbekiston Ichki ishlar idorasi tergovchilarining so‘roq paytida qizlarni zo‘rlagani, mahbuslarni qiynagani va xorijga iznli chiqishning salbiy tomonlari haqida bong uradi.

Shu bilan birga O‘zbekistonda “Militsiya to‘g‘risidagi qonun”ning yo‘qligi, bu soha xodimlarining quyushqondan chiqib haddan oshganiga sabab sifatida ko‘riladi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining rasmiy nashri bo‘lgan “Postda” gazetasining ismi aytilishini istamagan xodimi militsionerlar yilda bir martaba taqdirlanishini, bu odatiy hol ekanini aytadi:

Qanday ishlagan bo‘lsa, shunday mukofotga tavsiya qilgan. Prezidentimiz bayram munosabati bilan mukofotlayapti. Buning nimasi yomon?

1992 yilda O‘zbekistonda yangi atamalar urf bo‘lgan paytda Islom Karimov oliy kengash sesiyasidan turib “Militsiya nomini mirshab, deb o‘zgartirsakmikin” deb hazil qilgan edi.

Mirshab kalimasi forschadan tarjima qilinsa¸ "qorong‘ulik amiri" degan ma‘noni bildiradi. O‘zbek militsiyasi mulozimlari bu kalima ma‘nosining haqiqatga to‘g‘ri kelganidan istihola qilishdi shekilli, militsiya kalimasi o‘zgarishsiz qoldi. O‘zbek militsiyasining millat zehniyatidagi qiyofasi yomonlashdi. O‘zbek militsionerlari hajv qilingan latifalar urchidi. Buning barobarida militsioner bo‘lishni orzu qiladigan avlod ham yetishdi. So‘rovlar paytida aksariyat yoshlar kosmonavt yoki injener emas, balki militsioner bo‘lish istagini bayon qilishdi. Bugun O‘zbekiston ulgi olgan militsiya xizmati 1917 yilda bolsheviklar tarafidan joriy qilingan edi. Paradoks shundaki, bu kalimani muomalaga kiritganlar vorisi bo‘lgan Rossiya militsiyadan voz kechib, politsiya tizimiga o‘tadigan bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG