Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:50

Sakkizoyoq Paul olamdan o'tdi


Bashoratchi sakkizoyoq Paul 2010 Jahon chempionati g'olibini bashorat qilmoqda.
Bashoratchi sakkizoyoq Paul 2010 Jahon chempionati g'olibini bashorat qilmoqda.
Yirik ma‘lumot agentliklarning axborotiga ko‘ra, bugun ertalab Germaniyaning Oberxauzen shahridagi okeanariumda saqlanuvchi, dunyoga dong‘i ketgan Paul laqabli bashoratchi sakkizoyoq olamdan o‘tdi.

Sakkizoyoq Paul o‘z mashxurligini 2010 yilgi Janubiy Afrika davlatida o‘tgan futbol boyicha Jahon chempionatida ortirgan egi. Chempionat davomida sakkizoyoq final o‘yini va Germaniyaning barcha oyinlari natijasini to‘gri bashorat qilib bergan. Qanday deysizmi? Juda oddiy usul bilan - okeanarium xodimlari o‘ynaydigan davlatlarning bayroqlari rasmi tushirilgan ikki qutiga bir hil ovqat solib, sakkizoyoqqa berishadi. Sakkizoyoq ovqatini tanlagan qutiga tushirilgan bayroqning egasi esa g‘oliblikka nomzod deya qabul qilinadi.

- Oberxauzen Dengiz Hayoti Markazi okeanariumi xodimlari shu yilgi futbol bo'yicha Dunyo chempionatida mashxur bo'lgan bashoratchi sakkizoyoq Paulning o'limidan chuqur qayg'uda, - deyiladi Paul saqlangan okeanarium boshqarmasining bayonotida.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2008 yilda tug'ilgan sakkizoyoqning o'limiga tabiiy omillar sabab bo'lgan.

Dunyoning har burchagidagi futbol muxlislariga tanish bo‘lgan bashoratchi sakkizoyoq Paulning o‘limi haqidagi yangilik o‘zbekistonlik futbol ishqiborzlarining ko‘nglini buzdi.

- Ko‘z tekkan ko‘rinadi bu sakkizoyoqqa. O‘zi rosa ham mashxur bo‘lib ketgan edi, - deydi ismini aytmaslikni so‘ragan o‘zbeksitonlik futbol muxlisi.

Okeanarium xodimlarining aytishicha, ular yaqin kunlarda boshqa sakkizoyoqni sotib olishadi. Lekin yangisi bashoratchi Paul kabi mashxur bo‘a olarmikin?
XS
SM
MD
LG