Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:05

Bolalar Tojikiston paxta dalalarida


Tojikiston Mehnat vazirligi bolalar mehnatidan foydalanishni rasman taqiqlagan¸ ammo bu amaliyotga ko‘chganicha yo‘q.
Tojikiston Mehnat vazirligi bolalar mehnatidan foydalanishni rasman taqiqlagan¸ ammo bu amaliyotga ko‘chganicha yo‘q.
Tojikistonda yoshu qari har yil bo‘ladigan paxta yig‘im-terimiga jalb qilingan. Hukumat rasman bolalar mehnatini taqiqlagan bo‘lishiga qaramasdan maktab rahbariyati va rasmiylar bolalarning dalada ishlatilishiga ko‘z yumib kelishmoqda.

Paxta Markaziy Osiyo davlatlari uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lgan va Sovyet davridan qolgan merosdir. Bu yil jahon bozorida paxta keskin qimmatlashdi, lekin bundan olinayotgan daromad fermerlargacha yetib bormayapti.

Aksar fermerlar kabi ijaraga olingan yerda ishlaydigan Mukarrama Do‘stova dalada olti oy ter to‘kib, atigi 25 somoni (taxminan 6 AQSh dollari) ishlagan.

Fermerlik ishlarini yuritishda Mukarrama opaning yagona yordamchisi bo‘lgan 6 yashar qizi Farahnoz har kun paxta terib, onasiga hosilni tezroq yig‘ishtirib olishida yordam berayapti.

Bolalar mehnatidan foydalanilayotgani bois joriy yil boshida Qo‘shma Shtatlar Tojikiston va qo‘shni O‘zbekistondan eksport qilinadigan paxtaga taqiq joriy qildi. Lekin ayni shu davlatlar paxtasi aksar hollarda uchinchi davlatlar orqali jahon bozoriga tushadi.


XS
SM
MD
LG