Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:33

Ukrainada saylov bo‘lib o‘tdi


Yakshanba kuni Ukrainada mahalliy hukumat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Shahar merlari va viloyat kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda iqtidordagi Mintaqalar partiyasining mamlakatning markaziy va shimoliy hududlarda qo‘li ustun kelishi bashorat qilinayotgan edi.

Muxolifat partiyalari saylovlardan oldin Mintaqalar partiyasini ovozlarni qalbakilashtirishni niyat qilganlikda aybladi. Chunki 33 mingta saylov kengashining aksariyati iqtidordagi partiya tomonidan nazorat qilinadi.

Prezident Viktor Yanukovich ovozlarni qalbakilashtirishga uringanlar javobgarlikka tortilishini va‘da qildi.

Yuliya Timoshenko yetakchiligidagi Batkivshina partiyasi bir nechta hududda o‘z a‘zolarining ro‘yxatga olinmagani vajidan saylovni "qonuniy" deb, uni tan olmasligini bayon qildi.
XS
SM
MD
LG