Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:05

Tojikiston harbiylari Rashtda baza tashkil qilmoqchi


Tojikiston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, sentabr oyidan beri janggarilar bilan to‘qnashuvlarda 60dan ortiq hukumat qo‘shinlari halok bo‘lgan Rasht vodiysida harbiy tayyorgarlik markazi tashkil etiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Fariddun Mahmadaliyev davom etayotgan amaliyotlarda qatnashish uchun mintaqaga tashlangan qo‘shinlarga qishki chodirlar yuborilganini ma‘lum qildi. Mahmadaliyevga ko‘ra, doimiy binolarni qurish uchun materiallar va tegishli uskunalar mintaqaga yaqin kunlar ichida yuboriladi.

Tojikiston hududining qariyb 90 foizi tog‘li mintaqalardan iboratdir va hukumat o‘n yildan beri Rasht vodiysidagi vaziyatni nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladi.
XS
SM
MD
LG