Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:48

Abdumalik Boboyevga chiqarilgan hukm o‘z kuchida qoldi


Uzbekistan - correspondent of VOA Abdumalik Boboyev, undated
Uzbekistan - correspondent of VOA Abdumalik Boboyev, undated
12 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Amerika ovozi muxbiri Abdumalik Boboyevning ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Abdumalik Boboyev Ozodlikka hakamlar avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qodirganini aytdi.

- Men shu jarayonda o‘zimning aybsiz ekanimni yana bir bor aytib o‘tdim. Jurnalist sifatida tanqidiy maqolalar yozganligimni aytdim va bu maqolalar hech qachon biror kishini haqoratlash, tuhmat qilish yoki jamoat xavfsizligiga taxdid solishga asos bo‘lmasligini aytdim. Lekin baribir sud bularning birortasini inobatga olmadi. Hakamlar avvalgi hukmini o‘z kuchida qoldirish haqida qaror chiqardi, dedi Abdumalik Boboyev.

Joriy yilning 15 oktabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Amerika ovozi radiosi muxbiri Abdumalik Boboyevni tuhmat va haqorat qilganlik, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlaganlik va tarqatganlikda aybdor, deb topib, uni eng kam ish haqining 400 barobar (18 million 86 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortdi.

9 noyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi davomida Malik Boboyev bilan shaxsan uchrashgan AQSh Davlat kotibi yordamchii Robert Bleyk Boboyev ustidan boraëtgan mahkama jaraëni Davlat departamentidagilar tomonidan yaqindan kuzatilaëtganini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG