Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:18

O‘shda yer bosib olganlar norozilik bildirdi


Bosqinchilar bosib olingan yer - ekin ekiladigan shudgor ustida.
Bosqinchilar bosib olingan yer - ekin ekiladigan shudgor ustida.
O‘sh shahri atrofidagi o‘zbeklarga qarashli ekin maydonlarini bosib olganlarning 100 chog‘li vakili 22 noyabr kuni O‘sh viloyat davlat ma‘muriyati binosiga kelib, masalalari yechilmayotganidan norozilik bildirdi. Bu haqda AKIpress agentligi xabar qildi.

Norozilarning aytishicha, hokimiyat ularga yer ajratish masalasini 10 kun ichida hal qilib berishni va‘da qilgan, biroq bu muddat 17 noyabrda bitganiga qaramay, masala hal bo‘lgani yo‘q.

Norozilar bilan viloyat gubernatori So‘o‘ro‘nbay Jeyenbekov uchrashdi va ularning muammosini maxsus komissiya o‘rganayotganini aytdi.

7-8 noyabr kunlari mingdan ziyod qirg‘iz millatiga mansub olomon O‘sh atrofidagi o‘zbeklarga qarashli ekin maydonlarini bosib olishga uringan edi.
XS
SM
MD
LG