Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:25

Bahodir Qo‘chqorov: Osiyoda futbol darajasi ko‘tarilibdi


Bahodir Qo'chqorov 2010 yilda o'tgan Jahon Chempionatoga Ravshan Ermatov bosh bo'lgan hakamlar jamoasida besh o'yinga hakamlik qilgan edi.
Bahodir Qo'chqorov 2010 yilda o'tgan Jahon Chempionatoga Ravshan Ermatov bosh bo'lgan hakamlar jamoasida besh o'yinga hakamlik qilgan edi.
Shu kunlarda aksar o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e‘tibori Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatiga qaratilgan. Bu o‘yinlarda nafaqat o‘zbek futbolchilari¸ balki o‘zbek hakamlari ham ishtirok etmoqdalar va hozircha o‘z muxlislarini xursand qilmoqda...

Intervyuning audiosini eshiting:



Osiyo chempionatidagi o‘yinlarga hakamlik qilayotgan mutaxassislar orasida qirg‘izistonlik o‘zbek hakami Bahodir Qo‘chqorov ham bor.

11 iyun kuni Janubiy Afrikada boshlangan jahon birinchiligining ilk o‘yiniga hakamlik qilgan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov guruhining doimiy a‘zosi bo‘lgan Bahodir Qo‘chqorov 10 yanvar kuni Bahreyn-Koreya o‘yinida qatnashdi.

Bahodir Qo‘chqorov Ravshan Ermatov bilan.
Seshanba kuni Ozodlik muxbirining Osië birinchiligi bilan bog‘liq savollariga javob bergan Bahodir Qo‘chqorov¸ suhbat muqaddimasida Ermatovdan boshqa hakam bilan ishlagani ilk o‘yin haqida gapirdi.

-O‘yinni o‘zim analiz qila olmayman. Har doim mening ustimdan analiz qiladiganlar bor. O‘yin normal o‘tdi. Qiyin bo‘lgani men uchun - men omonlik hakam bilan ishlamagan edim. Bahreyn-Koreya o‘yini yaxshi bo‘ldi. O‘yin tarafidan, hakamlik tarafidan muammo bo‘lmadi¸ Xudoga shukur. Bu odam bilan birinchi hakamlik qilishim. Ertaroq chaqirib, ko‘rishib, bir-birimizni tushunganimiz uchun men ham u ham dovolniyman. Bizning Ravshanni stilidagi hakamligimiz boshqacha. Shuncha yildan beri yarim oborotda bir-birimizni tushunamiz. Bu odam bilan ozgina qiynaldim. No nichego.Normalno.

Ozodlik: Ravshan Ermatov ham Qatardami?

- Ha, Qatarda. Bugun Eron bilan Iroqni o‘yiniga hakamlik qiladi.

Ozodlik: Nimaga siz boshqa hakam bilan ishlayapsiz?

- Bo‘linganimizning sababi, Kuala-Lumpurda omonlik hakamning sherigi, yordamchi hakami normativ topshira olmadi. Shunga meni olishdi. Chunki men Omon hakami bilan O‘zbekistonga hakamlik qila olaman. O‘zbekistonni komandasi ham borda. Ravshan O‘zbekistonga hakamlik qila olmaydiku!

Ozodlik: Siz O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yinga ham hakamlik qilishingiz mumkinmi?

- Albatta. Chunki men omonlik brigadasidanman. Abdulhamid Rasulov normativni topshirib, o‘tgan yilgi bo‘lgan ishlar hammasi tekislanib, Xudo xoxlasa yana brigadaga keldi. Buni muammosi yo‘q. Bizga farqi yo‘q. Biz harbiylarga o‘xshaymiz - qayerga buyruq bersa, o‘sha yerga borib hakamlik qilavyeramiz.

Ozodlik: Bahodir aka, jahon chempionatida hakamlik qildingiz. Mana endi Osiyo chempionatida hakamlik qilayapsiz. Farqi bormi?

-O‘yin darajasida Osiyo ko‘tarilibdi. Osiyoda kuchsiz komanda yo‘q. Ilgari bilinib turar edi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston kabilar kuchli bo‘lib turar edi. Bu safar unday emas. Kecha Suriya, Bahreyn zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. Bir narsa deyish qiyin. Chunki xorijliklar ishlashayapti. Osiyoning futboliga juda katta pul tashlangan. Juda katta ko‘tarishlar bo‘lib ketibdi. Futbol stili boshqacha, komandalarning tarbiyasi boshqacha, munosabati boshqacha. Bu juda zo‘r. Ochilishlarini o‘tkazdi, mehmonlarni kutib olishi, kuzatishi mehmonxonalarda yaxshi. Stadioni umuman ertakka o‘xshaydi. Maydonlari umuman zo‘r, maysasi yumshoq. Stadion yoritilishi zo‘r. Faqat futbol o‘ynash kerak, futbolga hakamlik qilish kerak.

Ozodlik: O‘zbekiston 1994 yilda birinchi va oxirgi marta Osiyo chempioni bo‘lgan edi. Nima deb o‘ylaysiz, bu yil O‘zbekiston jamoasida Osiyo chempioni bo‘lish imkoni bormi?

- Bir narsa deyish qiyin. Lekin O‘zbekiston komandasi yomon emas. Bu yerda favorit deyish qiyin. Hamma komanda deyarli teng. O‘zbekiston komandasi yaxshi, ishqibozlari bor. Juda ko‘p ishqibozlari qo‘llab-quvvatlagani kelibdi. Kecha boshqaruvi o‘tirdi. Bir narsa deyish qiyin. Biz hakammiz. Bizga O‘zbekiston chiqadimi, Bahreyn chiqadimi, Suriyami, baribir. Kuchli komanda yutishi kerak. Ammo O‘zbekiston uyg‘onadigan payti keldi, shekilli.

Ozodlik: O‘zbekiston jamoasining Qatar bilan bo‘lgan o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Bilasizmi, o‘yin payti men komandaga emas, hakamlarga qarab o‘tirishga o‘rganib qolganman. Hakamlarni ishini, xatolarini, maneralarini ko‘rishga o‘rganib qolganman. Komandaga kamdan –kam qarayman. O‘zbekiston komandasi yomon emas. Abramov yaxshi trener.

Ozodlik: Osiyo chempionati davomida nechta o‘yinga hakamlik qilasizlar?

-Uni hech kim bilmaydi. Hozircha bitta o‘yinga hakamlik qildim. Indinga Xitoy-Kuvayt o‘yiniga beshinchi hakam bo‘lib boraman. Yordamchi hakamning yordamchisi deyiladi.

Ozodlik: Osiyo chempionatida vuvuzella o‘rniga nima bo‘ldi?

- Shu vuvuzelladan ko‘proq olib kelish kerak edi. O‘rganib qolgan ekanmiz, shu yetishmayapti.
XS
SM
MD
LG