Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:52

WikiLeaks: O‘zbekiston hukumati uyushgan jinoyatchilik bilan yaqin aloqada


WikiLeaks sayti e‘lon qilgan AQSh maxfiy hujjatlarida Salim Abduvaliyev "mafiya boshlig‘i" deb atalgan.
WikiLeaks sayti e‘lon qilgan AQSh maxfiy hujjatlarida Salim Abduvaliyev "mafiya boshlig‘i" deb atalgan.
WikiLeaks sayti O‘zbekiston hukumatidagi yuqori lavozimli mulozimlar O‘zbekistonda kriminal avtoritet, deb tanilgan Salim Abduvaliyev bilan yaqin aloqalari borligiga oid AQSh diplomatik yozishmalarini e‘lon qildi.

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Pyornellga nisbat berilgan va Salim Abduvaliyev “mafiya boshlig‘i”, deb atalgan maxfiy yozishmalarda, Abduvaliyev O‘zbekiston hukumatidagi lavozimlarning sotilishida rasmiylar bilan lavozimga nomzodlar o‘rtasida vositachilik qilishi aytiladi. Buning evaziga Salim Abduvaliyev o‘z ulushini oladi, deyiladi maxfiy depeshalarda.
WikiLeaks saytida chop etilgan diplomatik yozishmaning originalinibu erda o'qing (ingliz tilida).

Shuningdek, WikiLeaks sayti e‘lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, Salim Abduvaliyev O‘zbekiston hukumati e‘lon qiladigan tenderlarda ishtirok etuvchi shirkatlarga shartnomalarni qo‘lga kiritishiga ko‘maklashadi va o‘z ulushini oladi.

Bu, deb xulosa qilinadi AQSh elchixonasi kablogrammalarida, O‘zbekiston hukumatining uyushgan jinoyatchilik bilan yaqin aloqalari borligiga yana bir misoldir.

WikiLeaks sayti e'lon qilgan O'zbekistonga oid AQSh diplomatik yozishmalarini yana birida ham O‘zbekiston hukumatining uyushgan jinoyatchilik bilan yaqin aloqalari borligi haqida aytiladi.

Unda Salim Abduvaliyevning o'g'li Sardorning unashtirish marosimidan olingan video lavha haqida yoziladi. Ushbu diplomatik yozishmada aytilishicha, O'zbekiston hukumatining yuqori lavozimdagi amaldorlarning rafiqalari ushbu marosimda qatnashishgan va qimmatbaho sovg'alar qabul qilishgan.
XS
SM
MD
LG