Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:11

HVJ rahbari tibbiy tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Dominik Stross-Kan jinsiy tajovuz qilishga uringanlik iddaosi bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi.

Stross-Kan ustidan bugun mahkama jarayoni boshlanishi kutilayotgan edi, ammo sudmedekspertizasi o‘tkazish uchun mahkama qoldirildi.

Nyu York politsiyasi 62 yoshli Stross-Kanni Kennedi aeroportida shanba kuni Parijga uchib ketishiga sanoqli daqiqa qolganda hibsga oldi.

Politsiya matbuot kotibi Pol Braun Stross-Kanga nisbatan jinsiy tajovuz va zo‘rlashga uringanlik ayblari qo‘yilganini bayon qildi.

Stross-Kan o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad qilmoqda.

XVJ rahbarining yakshanba kuni Germaniya Kansleri Angela Merkel bilan uchrashishi rejalangan edi, biroq uchrashuv bekor qilindi.

Bugun Stross-Kan Bryusselda Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari bilan uchrashib, Portugaliya va Gresiyaga yordam mablag‘i ajratish rejasini muhokama qilishi kutilayotgandi.

Stross-Kan Fransiyada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida Sotsialistik partiyaning nomzodi bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi.
XS
SM
MD
LG