Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:12

O‘zbekiston "Global tinchlik indeksi"da yuqoriladi


Avstraliyadagi Iqtisodiyot va Tinchlik instituti tomonidan o‘tkazilgan “Global tinchlik indeksi” tadqiqotida O‘zbekiston avvalgi yilga nisbatan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

Tadqiqotda jahonning 149 mamlakatidagi jinoyatchilik darajasi, terror xurujlari ehtimoli, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar ahvoli, mudofaa maqsadlariga sarflanayotgan mablag‘ miqdori va boshqa shunga o‘xshash omillar o‘rganilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Islandiya eng barqaror davlat deb topilgan. So‘nggi ikki yil davomida ro‘yxatda birinchilikni egallab kelgan Yangi Zelandiya bu yil ikkinchi o‘ringa tushirildi.

Tadqiqotga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi eng tinch mamlakat va bu yil Qozog‘iston 95- o‘rindan 93-o‘ringa ko‘tarildi. Qirg‘iziston ushbu ruyxatda O‘zbekistondan 5 pog‘ona pastdan - 114-o‘rindan joy oldi.
XS
SM
MD
LG