Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:56

Aksar o‘zbek bolalari ta‘tilni uyida o‘tkazmoqda


O‘zbekistonda 2005 yildan beri faoliyat yurg‘izayotgan Superjob.uz tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik bolalarning har ikkitadan bittasi (51 foizi) yozgi kanikulni dam olish yoki sayohat qilishga imkoni yo‘qligi bois¸ o‘z uyida o‘tkazmoqda.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab 18 mart – 29 iyul oralig‘ida iqtisodiy jihatdan faol ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra¸ bolalarning to‘rtdan bir qismi ( 24 foizi) yozgi ta‘tilni shahar tashqarisidagi dala hovlilarda o‘tkazmoqda va bu ko‘pchilik ota-onalar tomonidan bolalarni yozgi lagerlarga jo‘natishning qulay muqobil ko‘rinishi sifatida ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston bolalarining faqat beshtadan bittasi yozgi ta‘tilni lagerlarda o‘tkazish imkoniga ega bo‘lsa¸ ulardan faqat 8 foizigina o‘z ota-onasi bilan chet elda dam olishga otlanadi¸ deydi o‘z so‘rovini xulosalagan Superjob.uz markazi.
XS
SM
MD
LG