Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:27

Xalqaro Valyuta Jamg'armasida yana "fransuzcha" muammo


XVJ rahbari Kristin Lagard.
XVJ rahbari Kristin Lagard.
XVJdagi fransuzlarga omad kulib boqmayatganga o'xshaydi... Fransiya sudi Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagardning taniqli tadbirkor Bernar Tapiga 400 million dollar to‘lash bilan yakunlangan arbitraj sudlovidagi roli yuzasidan surishtiruv boshladi.

Prokuraturaning gumon qilishicha, Lagard 2008 yili, Fransiya moliya vaziri lavozimida ishlab turgan davrda arbitraj sudiga ta‘sir ko‘rsatish uchun xizmat vakolatlaridan foydalangan.

Arbitraj sudi o‘sha paytda davlat banki Bernar Tapiga 400 million dollar to‘lab berishi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Qarorda aytilishicha, Bernar Tapi 90-yillarda Adidas shirkatining oldi-sotdisi bilan bog‘liq ishda davlat bankining aybi bilan zarar ko‘rib qolgan.

Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarligiga o‘tgan oyda – AQShda bir ayolni zo‘rlaganlikda ayblanganidan so‘ng iste‘foga ketgan fransuz Dominik Stros-Kanning o‘rniga tayinlangan edi.

Lagard o‘zining Tapi bilan bog‘liq ishga aloqasi borligini inkor etmoqda.
XS
SM
MD
LG