Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:45

Afg‘onistonda yana bir NATO vyertolyoti muammoga uchradi


NATO rahbariyati Afg‘oniston janubi-sharqidagi o‘ziga qarashli vyertolyotning noqis qo‘nishga majbur bo‘lganini ma‘lum qildi.

NATO rahbariyati Paktiko viloyatida sodir bo‘lgan voqea sabablari o‘rganilayotganini bildirdi, ammo tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Ikki kun muqaddam boshqa bir NATO vyertolyoti halokatga uchragani oqibatida 38 odam nobud bo‘lgan va bu eng qonli aviahalokatlardan biri, deb qayd etilgan edi.

Bu halokat chog‘ida o‘lganlarning 30 nafari AQSh askari, 6 nafari esa afg‘onistonlikdir.

Tolibon harakati esa bu vyertolyotni uning janggarilari otib tushirganini aytdi.

NATOning Afg‘onistondagi qo‘mondonligi matbuot vakili Karsten Jakobson esa hanuzgacha bu halokat sabablari noma‘lumligini aytmoqda.

- Biz halokat sabablaridan hanuz bexabarmiz. Bu hozir borayotgan tergovning juda muhim qismidir. Tergov tugashi bilan qo‘shimcha ma‘lumotlarni ma‘lum qilamiz, - dedi NATO matbuot vakili.
XS
SM
MD
LG