Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

London tinch, lekin Manchesterda yana tartibsizliklar


Angliyaning ba‘zi shaharlarida chorshanbaga o‘tar kechasi zo‘ravonliklar davom etgani xabar qilinmoqda. Lekin 16 mingga yaqin politsiyachi tashlangan London ko‘chalarida osoyishtalik kuzatilayapti.

Manchester shahrida yoshlardan iborat olomon politsiya bilan to‘qnash kelgani va binolarga o‘t qo‘ygani aytilmoqda. Seshanba oqshomida Livyerpul, G‘arbiy Bromich, Vulvyerhempton va Nottinhemda ham tartibsizliklar ro‘y bergani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik va talon-tarojlar bois, ko‘pchilik londonliklar ishdan vaqtliroq qaytib, uylarni tambalab olgan.

Uch kun davom etgan tartibsizliklarda asosan yoshlardan iborat olomon do‘konlarni talon-taroj qilib, o‘t qo‘ydi. Londonda boshlangan zo‘ravonliklar Birminhem, Bristol, Livyerpul, Nottinhem va Manchester shaharlariga ham ko‘chdi.

Politsiyaning ma‘lum qilishicha, dushanba kuni Londonning janubiy qismida bir kishi mashinasida otib o‘ldirilgan. U tartibsizliklarning yagona qurbonidir.

Bu voqealar bois ta‘tilini to‘xtatishga majbur bo‘lgan Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron tartibsizlik ishtirokchilarini jazodan ogohlantirdi.
XS
SM
MD
LG