Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:28

London rahbari isyonchilarni ogohlantirdi


London ko‘chalaridagi politsiyachilar.
London ko‘chalaridagi politsiyachilar.
Britaniya shaharlarini ostin-ustun qilayotgan isyonchi to‘dalarni to‘xtatish uchun hech narsadan qaytmaymiz¸ dedi Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron.

10 avgust kuni to‘rt kundan beri davom etayotgan zo‘ravonliklar haqida jamoatchilikka hisob bergan London hukumati rahbari¸ Britaniya ko‘chalarida tartib va nazorat o‘rnatish uchun xavfsizlik kuchlariga yelim o‘qlar va suv otgichlardan foydalanishgacha ruxsat berilganini bildirdi.

- Bugun keng ko‘lamli politsiya amaliyotlari¸ men hozir gapirib turgan paytimda ham davom etmoqda. Kecha tunda qo‘lga tushmagan jinoyatchilar televizion kameralarga tushdilar. Bu jinoyatchilarning har biri bu kadrlar yordamida bittama-bitta aniqlanmoqda va hibsga olinmoqda. Biz inson haqlari haqidagi soxta xavotirlarning bu suratlarni chop etilishi va bu shaxslarning hibsga olinishiga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz¸ dedi Britaniya Bosh vaziri 10 avgust kungi bayonotida.

Britaniya poytaxti do‘kon va restoranlarni talon-taroj qilib¸ duch kelgan narsasiga o‘t qo‘ygan isyonchi to‘dalar xurujiga nishon bo‘lganining to‘rtinchi kunida¸ aytilishicha¸ Londonda nisbatan osoyishtalik o‘rnatilgan – 9 avgust kuni poytaxt ko‘chalarida tartib o‘rnatish uchun 6000 o‘rniga 16 000 politsiyachining tashlangani o‘z natijasini bergan.

Ayni paytda¸ 9 avgustdan 10 ga o‘tar kechasi talonchilarning Manchester¸ Birmingem kabi boshqa yirik shaharlarga yoyilgani aytilmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra¸ hozirga qadar talonchiliklarda qatnashgan 1100 nafarga yaqin odam hisbga olingan va London hibsxonalarida joy qolmaganidan¸ ushlanganlar maxsus avtobuslarda boshqa shaharlarga jo‘natilmoqda.

Britaniyani chulg‘ab borayotgan talonchilar isyonini to‘xtatish yuzasidan favqulodda choralar qo‘llash uchun Italiyadagi ta‘tildan shoshilinch qaytib kelgan Kameron¸ 10 avgust kungi chiqishida Britaniya jamiyatida bunday zo‘ravonlikka joy yo‘qligini ta‘kidladi.

- Davom etayotgan bu kabi zo‘ravonlikni mutlaq qabul qilib bo‘lmaydi va bunga tezda chek qo‘yiladi. Bizning mamlakatmizda bunday zo‘ravonlikka toqat qilinmaydi va biz qo‘rquv muhitining ko‘chalarimizda hukm surilishiga yo‘l qo‘ymaymiz¸ dedi siyosatchi sifatida qilgan eng keskin chiqishlaridan birida Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron.

Bir necha kun oldin London politsiyasi xodimi bir kishini otib o‘ldirganidan keyin boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari keng miqyosdagi zo‘ravonlikka aylanib ketdi.

Ayrim fuqarolar zo‘ravonliklar yuz berganini mahalliy ziddiyat, iqtisodiy qiyinchilik hamda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut kattalashib borayotgani bilan izohlamoqda.
XS
SM
MD
LG