Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:44

O‘zbekiston va Tojikiston aholisi nega Rossiyaga xayrixoh?


O‘zbek va tojiklarning rossiyaparastligi ortidagi asosiy omil Rossiyaning millionlab ishchi migrantlar boshpanasiga aylanganidir.
O‘zbek va tojiklarning rossiyaparastligi ortidagi asosiy omil Rossiyaning millionlab ishchi migrantlar boshpanasiga aylanganidir.
Xalqaro Gallup tadqiqot markazi so‘nggi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 81 fozi rasmiy Kreml siyosatini ma‘qullaydi.

Gallup xizmati va Meridian xalqaro markazining “AQSh global liderligi 2011” nomli qo‘shma dasturi doirasida 104 mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya siyosatini qo‘llovchi davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston Rossiyani eng xush ko‘ruvchi davlat bo‘lib, so‘rovda qatnashgan tojikistonliklarning 94 foizi rasmiy Moskva siyosatiga xayrixoh ekanini bildirgan.

Rossiya hukumati siyosatiga xayrixohlik bildirganlar reytingining birinchi to‘rtligida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Armaniston va Qirg‘iziston joy egallagan.

So‘rovga ko‘ra, Gruziya MDH davlatlari orasida Rossiya siyosatidan eng norozi davlatdir: 76 foiz gruzinlar Moskva siyosatiga salbiy munosabatda ekanini ma‘lum qilgan.

Ayni paytda, Rossiya aholisining 80 foizi o‘z hukumati siyosatini ma‘qullamasligini aytgan.

Sotsiolog va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Gallup markazi keltirayotgan raqamlar O‘zbekistondagi “Ijtimoiy fikr” instituti olib borgan sotsiologik so‘rov natijalariga mos kelishini aytadi.

- Har yili O‘zbekistonda ham xuddi shunday tadqiqotlar o‘tkazilib turadi. Haqiqatan¸ taxminan¸ 70 foiz aholimiz Rossiyaga oriyentir olib turadi, chunki 35 foiz aholimiz Rossiya axborot vositalari hududidan umuman chiqib ketmaydi. Bu 2008 yilda shunday edi. ¸

Eng katta auditoriyaga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi O‘zbekistonda – bu “Yoshlar” telekanali va u taxminan 70-85 foiz aholini qamrab oladi. Keyin O‘zbekiston birinchi kanali va ana undan keyin Rossiyaning ORTsi, RTR va undan keyin NTV ketadi.

Bundan chiqdi¸ O‘zbekiston jamiyatida o‘zbek kanallaridan tashqari eng katta auditoriya - Rossiya telekanallari. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari ko‘proq razvlekatelniy, ko‘ngil ochuvchi. Lekin tahliliy, yangilik bo‘ladimi¸ o‘zbek jamiyati asosan Rossiya ommaviy axborot vositalaridan oladi, deydi siyosatshunos.

Kamoliddin Rossiya hukumati olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlashining boshqa sabablarini ham sanab o‘tdi.

- Boshqa sabablar ham bor bu yerda. Bugungi kunda o‘zbek jamiyati o‘z ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini qaysi davlat orqali hal qilayapti, deyilsa, albatta Rossiya, deymiz. Chunki ba‘zi ma‘lumotlarga qaraganda, bugungi kunda Rossiyada kamida 3,5-4 million o‘zbekistonlik migrant sifatida ishlayapti. Bu 3-4 million odamning qarindoshlari, qishloqdoshlari va mahalladoshlari ularning taqdiri va Rossiyada bo‘layotgan voqealar bilan tabiiy ravishda qiziqib boradi. Demak bu ham Rossiyaga qiziqish va intilish effektini kuchaytirib boradi.

Keyin, o‘zbek jamiyati uchun xorijiy va eng oson¸ albatta¸ rus tili. Millionlab migrantlar ishlayotgan davlat bu Rossiya. Qolavyersa, o‘zbek jamiyatidagi yoshi katta aholi qatlami borki, Sovyet ittifoqiga juda iliq munosabatda qolyapti. Ularda Rossiya bilan mana shunday integratsiya orzusi mutlaqo yo‘qolgan emas. Mana shu omillar oqibatida o‘zbek jamiyati Rossiyaga yuzlanib turibdi, deydi jamiyatshunos Kamoliddin Rabbimov.

O‘zbekistondan kelib Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida mardikorlik qilayotgan 44 yoshli Ahmadjon jamiyatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlarini quvvatlay turib¸ o‘zining Rossiya hukumatiga moyilligi sabablarini izohlashga urinadi.

- Biz mana shu yerga kelib bola-chaqalarni boqayapmiz, shu yerdan pul topayapmiz. Bir-ikki so‘m bo‘lsa ham oilaga yordam bo‘layapti.

Lekin bizning O‘zbekistonning hozirgi sharoitda qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida.. Migrantlar kelayapti, hamma joyda sarson, O‘zbekistondan davlat tomonidan birorta himoyalangan tomoni yo‘q. Men Putin yoki Medvyedevning o‘zbek to‘g‘risidagi shaxsiy fikrini bilmayman, lekin Tojikiston Rossiyadan bank orqali nafaqat dollar, balki rubl chiqarishi mumkin. Uning ustiga tojiklarning ko‘pchiligi Rossiyaning ikkinchi fuqaroligini olgan. Bizda unday huquq berilmagan. O‘zimizda ham ish yo‘q, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Ish bor, lekin ish haqi yo‘q! Hamma shuning uchun shu yerga kelib 200 dollarga bo‘lsa ham jo‘natib tirikchilik qilayapti. Bizning boshqa ilojimiz ham yo‘qda boshqa joyga chiqishga: faqat Rossiya yoki Qozog‘iston. Shunisiga ham rahmat, deydi o‘zbekistonlik mardikor Ahmadjon.

Gallup markazi o‘tkazgan so‘rovda o‘zbekistonliklarning AQSh siyosatiga munosabati ham tadqiq qilingan. So‘rov natijalariga binoan, Markaziy Osiyoda AQSh siyosatini qo‘llaganlar reytingida yana Tojikiston va O‘zbekiston respublikalari ilg‘orlik qilgan.

“Qo‘shma Shtatlarga nisbatan jahon ahli munosabatining kuchli barometri” hisoblanmish “AQSh global liderligi” loyihasi bo‘yicha ijtimoiy so‘rov har yili dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida o‘tkaziladi

Mazkur so‘rovda har bir mamlakatdan 15 va undan yuqori yoshdagi qariyb ming nafar fuqaro ishtirok etadi.

Loyiha doirasidagi so‘rovlar 2007 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
XS
SM
MD
LG