Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:32

Karzay uchinchi marta prezident bo‘lmoqchi emas


Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay.
Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay.
Prezident Hamid Karzay 2014 yilda vakolati tugagach, uchinchi marta Afg‘oniston rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligini e‘lon qildi. 2014 yilda NATOning Afg‘onistondagi missiyasi ham yakunlanadi.

Mamlakatga 2011 yildan beri rahbarlik qilib keladigan Karzayning raqiblari, u hokimiyatda qolish uchun Afg‘oniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi mumkinligini aytib kelar edi.

Karzay payshanba kuni parlamentning bir guruh vakillari bilan uchrashuvda konstitutsiya “hech kimga ikki martadan ko‘proq prezidentlikka o‘z nomzodni qo‘yishga ruxsat etmaydi”, deya ta‘kidladi.

Karzay 2001 yilda AQSh yetakchiligidagi koalitsiya Tolibon hokimiyatini ag‘dargach, muvaqqat prezident sifatida qasamyod bergan edi. 2004 yilda u mamlakatda o‘tkazilgan birinchi prezidentlik saylovida g‘alaba qildi. Lekin 2009 yilda, ba‘zi kuzauvtchilarga ko‘ra soxtalashtirilgan saylov natijasida qayta prezidentlikka saylanishi munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG