Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:09

Zavod direktorini kaltaklagan jizzaxlik prokuror ishdan bo‘shatildi


Jizzax viloyat Zarbdor tuman prokurori Dadajon Mubiyev Bo‘ston g‘isht zavodi direktori Bronislav Tagayni do‘pposlagani uchun ishdan bo‘shatildi.

Jizzax viloyat Zarbdor tuman prokurori Dadajon Mubiyev Bo‘ston g‘isht zavodi direktori Bronislav Tagayni do‘pposlagani uchun ishdan bo‘shatildi va unga nisbatan tergov jarayoni boshlandi.

Dastlab Uznews.net sayti xabar qilgan voqeani o‘rgangan zarbdorlik huquq faoli Ziyoddillo Razzoqovga ko‘ra, Bo‘ston g‘isht zavodi direktorini kaltaklagani uchun Zarbdor tuman prokurori D. Mubiyev bilan birga voqeaga guvoh bo‘lgan Jizzax tuman prokurori Dilshod Islomov ham ishdan bo‘shatilgan.

- O‘sha g‘isht zavodining oldida uradi. Uning ënida hatto Jizzax tuman prokurori ham bo‘ladi. G‘isht zavodining direktorini Zarbdor tumani prokurori Dadajon Mubiyev uradi. Unga tan jarohati yetkazadi. Shundan keyin ikkilanmasdan ikkala tuman prokurorini ham bo‘shatishni lozim topishadi. Bugungi kunda Jizzax va Zarbdor tuman prokurorlari ishdan bo‘shagan,- deydi huquq faoli.

Huquq faoli Z. Razzoqov voqea shu yilning iyul oyi oxirlarida sodir bo‘lganini aytib, voqea tafsilotlariga to‘xtaldi.

- Ikkala tuman hokimligi tomonidan yangi temir yo‘l Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qurilishi kerak bo‘lgan va temir yo‘l atrofida noqonuniy qurilgan qurilmalarning buzilishi, ularning tartibga olinishi o‘sha barcha tumandagi rahbariyatiga yuklatiladi. Zarbdor tumaniga qarashli bo‘lgan regionda g‘isht zavodi bor. O‘sha g‘isht zavodining direktori karis millatiga mansub bo‘lgan fuqaro bo‘ladi. Keladida to‘g‘ridan to‘g‘ri Zarbdor tumani prokurori unga ultimatum qo‘yadimi ëki tazyiq ostidami, unga “g‘isht zavodini buzasan” deydi. Umuman temir yo‘lga yaqin ham bo‘lmagan, aloqadorligi ham bo‘lmagan. U qisqasi tuman prokurorining buyrug‘ini bajarmaydi. Ikkinchi kuni chaqirib “Seni nimaga buyruqni bajarmayapsan? Men prokurorman” deydi. “Sen prokuror bo‘lsang, nima qilay? Unga aloqadorlik joyi yo‘q” deydi. Prokuror o‘sha joyda hech ikkilanmasdan urib tan jarohati yetkazadi. Unga tan jarohati yetkazgandan keyin g‘isht zavodining direktori to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkentga borib shifoxonaga ëtib birinchi ërdam so‘raydi. Bizning eshitishimizga qaraganda, Koreya elchixonasiga ham murojaat qiladi,- deydi Ziyoddullo Razzoqov.

Jizzax viloyat prokuraturasining o‘zini tanishtirmagan xodimi, Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Zarbdor tuman prokurori Dadajon Mubiyev Bo‘ston g‘isht zavodi direktori Bronislav Tagayni do‘pposlagani uchun ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.

Biroq prokuratura xodimi kaltaklanish voqeasi bo‘yicha Dadajon Mubiyevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqidagi ma‘lumotni inkor qildi.

Shimoliy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Bronislav Tagay ismli shaxs elchixonaga murojaat qilmagan.

Janubiy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasining navbatchi xodimi bu kabi masalalar telefon orqali muhokama qilinmasligini aytish bilan cheklandi.
XS
SM
MD
LG