Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:12

O‘zbekistonga ikkinchi tezyurar poyezd olib kelinadi


“O‘zbekiton temir yo‘llari” hissadorlik shirkati joriy yil oktabr oyida Ispaniyadan yana bitta “Talgo” rusumidagi poyezdni olib keladi.

Mazkur tezyurar poyezdning Toshkent-Samarqand shaharlari o‘rtasida qatnashi rejalangan.

Birinchi “Talgo” poyezdi O‘zbekistonga 23 iyul kuni olib kelingan edi.

Bu poyezd soatiga 250 kilometr tezlikda yurish imkoniyatiga ega.

"O‘zbekiton temir yo‘llari" 2009 yilda Ispaniyaning “Talgo” shirkati bilan temir yo‘l sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida anglashinuv memorandumi imzolagan.

Ispaniya temir yo‘l poyezlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG