Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:49

O‘zbek-qozoq munosabatlari bir maqola bilan buziladigan darajada mo‘rtmi?


Satpayev fikricha¸ Karimov va Nazarboyev o‘rtasidagi bir-birini xushlamaslik oqibatida ikki qo‘shni davlat munosabatlari sovuqlashib bormoqda.
Satpayev fikricha¸ Karimov va Nazarboyev o‘rtasidagi bir-birini xushlamaslik oqibatida ikki qo‘shni davlat munosabatlari sovuqlashib bormoqda.
O‘zbekiston maxsus xizmatlariga aloqador sayt da‘vosicha¸ bitta siyosatshunosning birgina maqolasi ikki davlat o‘rtasiga nizo solishi mumkin.
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqador ekani taxmin qilinadigan www.press-uz.info axborot agentligi qozog‘istonlik taniqli siyosatshunos, risk.kz sayti bosh muharriri¸ “Tahdidlarni baholash guruhi” direktori Dosim Satpayevni “uchinchi tomonning g‘arazli niyatiga xizmat qilish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasiga nizo solish”ga urinayotganlikda aybladi.

Bunday ayblovga Satpayevning 7 avgust kuni chop etilgan “Umurtqasiz diplomatiya. Qozog‘istonga qanday O‘zbekiston kerak?” degan maqolasi asos bo‘lgan.

Bu maqolada Satbayev Toshkent hukumatini “dushmanga ham ravo ko‘rilmaydigan “do‘st” (ikki davlat o‘rtasida 1998 yili imzolangan “Abadiy do‘stlik haqida”gi kelishuvga ishorat – tahr.) deya ta‘riflaydi. “Iqtisodi qoloq¸ siyosiy jihatdan beqaror¸ boz ustiga aholisi haddan ziyod bolalab ketganiga qaramay buyuklik da‘vo qilayotgan O‘zbekiston butun mintaqa uchun noqonuniy mehnat migratsiyasidan tortib terror guruhlarining faollashuviga qadar jiddiy muammolar manbaiga aylangan” deb yozadi qozoq siyosatshunosi.

Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek saytida o‘z ustiga ag‘darilgan “axlat”ga munosabat bildirishni ep ko‘rmasligini ta‘kidlagan Dosim Satpayev¸ o‘zbek-qozoq munosabatlariga o‘zi kabi siyosatshunosning achchiq haqiqiat aks etgan bitta maqolasi nifoq solishi mumkinligi haqidagi da‘voga kulgi bilan javob qaytaradi.

- Butun paradoks shundaki¸ O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasiga nifoq solish uchun uchinchi kuchni topishga hojat yo‘q – Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev munosabatlarining sovuqligini hamma biladi. O‘zbekistonning mintaqadagi hamma qo‘shnilari bilan aloqalari sovuq ekani ham hech kimga sir emas.

Meni bu yerda boshqa narsa – O‘zbekiston hukumatidan pul olayotgan piarchilar ishlash uslubining yillar¸ aniqrog‘i o‘n yildan buyon o‘zgarishsiz qolayotgani hayratga soladi. Agar siz u yoki bu fikrning noto‘g‘ri ekanini boshqalarga yetkizmoqchi bo‘lsangiz¸ bu ish qandaydir soxta nom ostiga yashirinib¸ davlat zakazi bilan kimlargadir mag‘zava ag‘daradigan yozg‘uvchilar maqolasi emas¸ balki mutaxassislar muloqoti orqali qilinadi. Meni aynan o‘zbek yozg‘uvchilari bundan 10 yil avval ham ayni shunday “o‘zbek-qozoq munosabatlariga nizo solayotganlik”da ayni shunday tanqiddan past bir darajada ayblagan va oradan 10 yil o‘tib ham ular ayni ruh¸ ayni ohang¸ ayni iboralarni qo‘llashdan boshqa gap topisha olmabdi¸ deydi o‘z maqolasiga bepul reklama qilib bergani uchun O‘zbekiston maxsus xizmatlariga qarashli ekani aytiladigan press-uz.info agentligiga tashakkur bildirgan Dosim Satpayev.

- Aslida¸ maqola O‘zbekiston emas¸ balki Qozog‘iston hukumatining tashqi siyosatini tanqid qilish uchun yozilgan. Ostonaning O‘zbekistonga nisbatan munosabati “umurtqasiz diplomatiya”dan boshqa narsa emas – yaqinda O‘zbekiston bir guruh qozog‘istonlik alpinistlarni qo‘lga olib¸ bu haqda Ostonaga xabar bermay ularni ushlab turdi. Qozog‘iston fuqarolarini xo‘rlash bu ular mansub davlatni ham xo‘rlash hisoblanadi va Ostona bunday munosabatga tegishlicha keskin javob qaytarishi lozim edi. Ammo amalda bunday bo‘lmadi¸ deb davom etadi qozog‘istonlik siyosatshunos.

- Agar biz – Qozog‘iston Respublikasi o‘z tashqi siyosatimizni o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib qurar ekanmiz¸ bunday holda qo‘shnilarimiz ketayotgan ayrim yo‘nalishlarga diqqat qilishimiz lozim bo‘ladi. Shu bois “Qozog‘istonga qanday O‘zbekiston kerak?” degan savolni qo‘yar ekanman¸ buni men toshkentdagilargina emas¸ balki birinchi galda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligidagilar¸ qolavyersa qozog‘istonlik ekspertlarni shu muammo ustida bosh qotirishga undash ma‘nosida qildim.

Qanday sharoitda O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz doimiy tortishuvlar¸ janjal va tushunmovchiliklardan ko‘tarilib¸ risoladagiday sheriklik va hamkorlikka aylanadi¸ degan savol ustida ozgina fikr qilish uchun tashlandi bu savol. Afsuski¸ Qozog‘istondan farqli O‘zbekistonda bu savol atrofida professional bahs yurita oladigan mustaqil tahlilchilar¸ siyosatshunoslar davrasi qolmagan¸ buning o‘rniga masalaning mohiyatiga tushunmaydigan¸ qo‘lidan keladigan ish buyurtma asosida boshqalarga axlat otadigan yozg‘uvchilargina bor¸ xolos¸ deydi Dosim Satpayev.

"Toshkentdagilar har qanday tanqidga mutlaq chidamsiz bo‘lib qolgani bois¸ ularni qozog‘isitonlik bir tahlilchining maqolasi ham jazavaga solmoqda¸ men buni noqislik kompleksi (kompleks nepolnotsennosti) deb atashdan boshqa so‘z topa olmayman"¸ deb qo‘shib qo‘yadi Dosim Satpayev.
XS
SM
MD
LG