Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 21:00

“Qo‘rg‘oshin” filmi ikki xalqaro kinofestivalga qo‘yildi


"Qo‘rg‘oshin" filmidan kadr.
"Qo‘rg‘oshin" filmidan kadr.
Rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Qo‘rg‘oshin” filmi “Kinoshok-2011” kinofestivali tanloviga kiritilgan 14 filmdan biri bo‘ldi.

Ushbu festival joriy yilning 11-20 sentabr kunlari Rossiyaning Anapa shahrida o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Qo‘rg‘oshin” filmi 19-24 sentabr kunlari Olmaota shahrida o‘tadigan “Yevroaziya” xalqaro kinofestivaliga ham qo‘yildi.

“Qo‘rg‘oshin” filmida o‘tgan asrning 50- yillarida KGBda ishlagan Umar ismli o‘zbekning taqdiri haqida hikoya qilinadi. O‘z yurtdoshlarini qatog‘on qilinishiga ko‘maklashib kelgan Umar Stalin o‘limidan so‘ng o‘zini otadi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi mutaxasisi Dilfuza Mardonovaga ko‘ra, film o‘zbek kino tanqidchilari tomonidan mazmun va saviyasi jihatdan yaxshi kutib olingan.

Biroq mutaxasis "Qo‘rg‘oshin" filmi ikkita kinofestivalda nufuzli o‘rinlarni birini egallashiga shubha qiladi.

- O‘zbek xalqlari uchun yaxshi bo‘lgan filmni festivalda boshqa millatlar qanday qabul qilisharkan¸ shunga hayronman. Rossiya o‘sha davrda markazda bo‘lganku, o‘sha tomonidan balki bu film yaxshi qabul qilinmas, dedi Mardonova.
XS
SM
MD
LG