Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:47

O‘zbek bojxonachilari xavfli axborot izlamoqda


Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston hududiga olib kelinaëtgan CD, DVD va flesh kartalar qattiq nazorat qilinmoqda.

22 avgust kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qaytgan mustaqil jurnalist Yelena Bondar aeroport xodimlari tomonidan bir necha soat ushlab turildi.

Bojxonachilar jurnalistning uchta SD-diski, to‘rtta flesh karta, hamda ikkita videokassetasini ekspertiza uchun olgach¸ o‘zini qo‘yib yuborgan.

Jurnalist Yelena Bondarga undan akt qilib olingan shaxsiy axborot tashuvchi moslamalari¸ hozircha¸ qaytarilmagan. Yelena Bondar o‘zidan olib qo‘yilgan axborot O‘zbekiston xavfsizlik idoralariga nima uchun tahlikali ko‘ringanini tushunmasligini aytadi.

- Pasport nazorati xodimlari boshidan axborot tashuvchi moslamalarni qidirishni buyurishdi. Ular aynan flesh karta va disklarni qidirishdi. Bundan tashqari¸ menda turli kitoblar bor edi. Ammo kitoblar ularga qiziq emas edi. Mendan tortib olingan disklardan birida o‘tgan yil Bishkekda bo‘lgan fotoko‘rgazma suratlari bor edi. Qolganida Qirg‘izistonga oid maqolalar, rasmlar, hamda jurnalistikaga oid o‘quv
materiallar bor edi, deydi toshkentlik mustaqil jurnalist.

Yelena Bondarning O‘zbekiston chegarasidan o‘tayotgan paytda ushlab turilib, axborot moslamalarining tekshiruvga olinishi birinchi holat emas.

Bundan to‘rt yil oldin, 2007 yil yanvarida andijonlik huquq faoli 40 yoshli Gulbahor To‘rayeva «Erk» muxolifat partiyasiga tegishli kitoblar bilan o‘zbek - qirg‘iz chegarasini kesib o‘tayotgan paytda hibsga olingan va keyinchalik olti yillik qamoq jazosiga tortilgan edi.

2006 yil dekabrida esa o‘zbekistonlik yana bir taniqli huquq faoli Umida Niyozovaning noutbuki, ovoz yozish moslamasi va fuqarolik guvohnomasi tortib olindi va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi materiallarni saqlaganlikda ayblandi. Huquq faoli Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan dastlab 7 yil, so‘ngra uch yilga shartli ravishda kesildi.

Shundan buyon O‘zbekistondagi bunday tartib faqatgina kuchayib borgani kuzatiladi.

Farg‘ona aeroporti mulozimining Ozodlik muxbiriga bergan izohicha¸ bunday nazorat mamlakatga pornografiya va ekstremistik materiallarni kiritmaslik maqsadida joriy qilingan.

- Samolyotga chiqqaningizda T6 deklaratsiya beradi. Oltinchi grafaga o‘tganingizda¸ tovarlar nomi degan joyi bor. Mana kompyuter olib kelayapsizmi, boshqa narsami shu oltinchi grafaga yozasiz. Endi SD disklar bo‘yicha - pornografiya bo‘lmasligi kerak, undan keyinaqidaparastlikka jalb qiluvchi narsalar bo‘lmasa olib kelsangiz, bolalar kompyuterda o‘tirib, ko‘rib, tekshirib, hammasi sizning o‘zingizning shaxsiy narsangiz bo‘lsa¸ birov sizga hech narsa demaydi. Hozirgi kunda shunday talab bo‘layapti. Undan keyin targ‘ibot-tashviqot qiladigan narsalar bo‘lmasin. Olmaydi hech kim, oldingizda tekshirib qaytarib beradi sizga. Agar sizda noqonuniy, ya‘ni pornografiyani olib kelayotgan bo‘lsangiz olib qo‘yishadi, yoki targ‘ibot-tashviqot ishlarini qilish uchun disklar bo‘lsa, olib turib, material qilinib, keyin sudga beriladi, deydi Farg‘ona aeroporti xodimi.

19 avgust kuni mustaqil Newsuz.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskvadan uchib kelgan fuqaro qo‘l telefoni flesh kartasi¸ shuningdek kompyuter qattiq diskidan 660 dan ortiq diniy mazmundagi material topilgan. Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir o‘zbekistonlikning mobil telefonida diniy audiomaterial borligi aniqlangan va bu adabiyotlar “ekstremistik da‘vatlar” deb topilgan.

Respublika Davlat bojxona qo‘mitasi so‘nggi 7 oy ichida bosma, audio, video va elektron shakldagi diniy adabiyotlarning noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq 193 ta holat qayd etganini ma‘lum qiladi.

Ozodlik bilan suhbatda o‘z ismi oshkor etilishini istamagan Markaziy Osiyoda internet va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis O‘zbekistondagi bunday tartib samaradorligini shubha ostiga qo‘yadi.

- Albatta, axborotning kirishini boshqa davlat xavfsizlik xizmatlari ham nazorat qilib turadi¸ lekin O‘zbekiston va Turkmaniston kabi sinchkovlik bilan emas. Aslida bu tekshiruvlar axborotni qanday saqlashni bilmaydigan yoki bu holatga yengil-yelpi qaraydigan odamlarga qaratilgan. Haqiqiy ekstremistik yoki terrorchi guruh a‘zolari
bunday to‘rga ilinmaydi, deydi axborot xavfsizligi bo‘yicha mutahassis.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bojxonachilarining axborot tashuvchi moslamalarni tekshirish usullari ancha samarasizdir.

- Bojxona xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarning hammasi primitivdir. Ish yuzasidan ba‘zi axborotlarni saqlaydigan huquq faollari va jurnalistlarga kelsak, ular ayyorroq bo‘lishlari kerak. Chunki axborot olib kirish istagi bo‘lsa¸ uni internet tarmog‘i orqali xavfsiz yo‘llar bilan ham O‘zbekiston ichida turib olish mumkin¸ deydi u.
XS
SM
MD
LG