Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:10

Tojikistonda o‘smirlar hayit namoziga qo‘yilmadi


Rasmiylar buni 2 avgustdan kuchga kirgan «Ota-onalar mas‘uliyati» to‘g‘risidagi qonun ijrosi bilan izohlamoqdalar.

31 avgust kuni tong sahardan Dushanbedagi jome masjidlariga shoshib kelgan bolalar, masjidlar kiravyerishida turgan militsiya xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida qo‘yilgan o‘nlab militsiya xodimlari, yosh bolalardan pasport so‘radilar. Joynamozi qo‘lida qolgan bolalar ko‘chadan turib masjid imomining ma‘ruzasini eshitishga majbur bo‘ldilar.

Таҷлил аз Иди Фитр дар Тоҷикистон
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00
Бевосита линк


Dushanbedagi markaziy jome masjididan qaytarilgan 14 yoshli Parvizning Ozodlik muxbiriga aytishicha, u masjiddan yaxshiroq joy olish uchun erta tongdan kelgan, biroq uni ichkariga kiritishmagan:

- Masjidga kelganimda militsiyalar pasport so‘radi. Men hali pasport olganim yo‘q, dedim. Bo‘lmasa bor uyingga ket, 18 yoshga to‘lganingda kelasan, deb qaytarib yuborishdi, deydi Parviz.

Militsiya xodimlari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yo‘lini to‘sayotgan bir paytda, Tojikiston Milliy majlisi raisi Mahmadsaid Ubaydullayev markaziy masjid ichkarisida musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabriklar ekan, Tojikiston hukumati hech qachon dindorlar yo‘liga to‘siq bo‘lmaganligi, dindorlarning erki cheklanmaganligi haqida gapirar edi.

Tojikiston Din qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muxtor Mavlonov yoshlarning masjidlarga qo‘yilmayotganini qonuniy deb hisoblab, bunday holat 2 avgustda qabul qilingan «Ota-ona mas‘uliyati» to‘risidagi qounun bilan mustahkamlanganini aytadi:

- Qonun qabul qilingan. Qonun bor, endi uning ijrosini ta‘minlash kerak,- dedi Muxtor Mavlonov.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning hayit namoziga qo‘yilmagani boshqa masjidlarda ham kuzatildi. Tojikistondagi diniy ulamolardan biri bo‘lgan eshon Nuriddin To‘rajonzodaning Ozodlikka aytishicha, bunday qonunning qabul qilinishi dindorlar erkini cheklashdan boshqa narsa emas:

- Juda ko‘p masjidlardan shikoyatlar bo‘ldi. Masalan, Vahdat tumanining Cho‘qaysha jome masjidiga ham bolalar kirtilmabdi. Aslida. dindorlarga ozor beradigan bunday qonunning qabul qilinmagani yaxshi edi, deydi eshon Nuriddin To‘rajonzoda.
XS
SM
MD
LG